O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi “Ilmiy-tadqiqot va innovasion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 133-sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Qarshi irrigasiya va agrotexnologiyalar institutida 2021-yil 24-dekabr kuni ilmiy va innovasion faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan iqtidorli talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, talaba-yoshlarning ilmiy va “start-up” loyihalari ko‘lamini oshirish maqsadida, “Agro Start-up of the year” nomli start-up loyihalar tanlovi o‘tkazildi.
Tanlov natijalariga asosan, “Start-up” loyihasi g‘oliblarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida quyidacha:
I-o‘rin g‘olibi – birinchi darajali sertifikat hamda 500 (besh yuz) ming so‘m miqdorida pul mukofoti bilan;
II-o‘rin g‘olibi – ikkinchi darajali sertifikat hamda 400 (to‘rt yuz) ming so‘m miqdorida pul mukofoti bilan;
III-o‘rin g‘olibi – uchinchi darajali sertifikat hamda 300 (uch yuz) ming so‘m miqdorida pul mukofoti bilan.
Qo‘shimcha 10 (o’n)ta o‘rin mualliflari faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Matbuot xizmati rahbari Farrux Najimov axboroti