Aziz vohadoshlar!
Barchangizni Qashqadaryo viloyati tashkil topgan kun bilan samimiy tabriklaymiz. Bundan 99 yil muqaddam, yaʼni 1924-yilning 1-noyabrida Qashqadaryo alohida maʼmuriy birlik sifatida, Respublika viloyatlari safidan joy olgan. Biz ushbu kunni bayram qilayotgan, yurtboshimizning jasorati va daʼvati bilan oʻzligini, tarixiy ildizlarini toʻgʻri anglagan, kelajakka ishonch bilan qaraydigan, aniq maqsadlarni koʻzlab yashayotgan, oʻz taqdirini hali tarix koʻrmagan buyuk bir shijoat bilan yaratayotgan, dunyo koʻz oʻngida rivojlanish va yuksalishning ravon yoʻliga chiqqan xalqmiz. Ana shu ulugʻvor, ezgulik va yaxshilikka yoʻgʻrilgan taraqqiyot - rivojlanish yoʻlida tashlayotgan qadamlarimiz yanada yakdil boʻlmogʻi kerak. Shundagina yutuqlarimiz bardavom boʻladi. Zero, vatanparvarlik shunchaki mavhum tushuncha emas, u barchamizdan loqaydlikni bir chetga uloqtirib, tashkilotchilik, madaniyatni talab etadigan real ruhiy qudratdir. Vijdonimiz hamisha uygʻoq boʻlsin. Amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarga nisbatan daxldorlik sezib, bir-birimizni qoʻllab, hamjihatlik ila – yurt ravnaqiga hissa qoʻshaylik!
Zarif Muqimov, Qarshi irrigatsiya va agrotexnalogiyalar instituti rektori