"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutining Xalqaro tashkilotlar bilan amalga oshirilgan hamkorlik ishlari
Germaniya Federativ Respublikasining Myunxen shaxridagi Weihnstephan Triesdorf Universiteti vakillari bilan 2022-yil 12-14- may kunlari onlayn suhbatlar olib borildi, Suhbat Weihnstephan-Triesdorf universiteti xalqaro
hamkorlik bo'limi boshlig'i Dr.Aram Aristakesyan hamda "TIQXMMI,, Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti xalqaro
hamkorlik bo'limi boshlig'i L.T.Axmedov o'rtasida olib borildi. Kelishuvlardan: Magistr talabalarimiz uchun maqul keladigan bir qator qulay
sharoitli o'qish turlarini taklif etishdi, Magistratura yo'nalishida tahsil olish
uchun endi nemis tilidan sertifikati bor talabalarimiz manashu WeihnstephanTriesdorf Universitetda o'qish imkoniyatiga ega bo'lishadi.
Shu kelishuvlar munosabati bilan 2023-yil yakunida 4-kursni tugatgan 3 nafar talaba Weihnstephan Triesdorf Universitetda magistratura bosqichiga o'qishga qabul qilindi.
2023 -yrl 20-fevralda "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutiga Germaniya federativ Respublikasidan
LOGO (Landwirtschaftliche Okologische gleichgewicht mit Osteeuropa)
tashkiloti rahbari janob Dr Hartwig Mennen tashrif buyurdi va institut bilan shartnoma imzoladi, shartnoma bo'yicha institutning qishloq xo'jaligi sohasida
ta'lim olayotgan talabalarni Germaniyadagi qishloq xo'jaligi tashkilotlarida amaliyot o'tashlari kelishib olindi.
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti va Turkiya Respublikasining DICLE universiteti bilan Mevlana almashinuv dasturi bo‘yicha protokol va Anglashuv Memorandumi imzolandi. Shu bilan birga, Dikl universiteti va “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti o‘rtasida Yevropa Ittifoqining Erasmus+ XKM KA107 dasturi doirasida institutlararo kelishuv hujjati imzolandi. Turkiya Respublikasining DICLE universiteti o‘rtasida va 2021/2022 o‘quv yillari mobaynida Yevropa Ittifoqining Erasmus+ XKM KA107 dasturi doirasida talaba va o‘qituvchilar almashinuvi uchun toprishirilgan ariza Turkiya Erasmus milliy ofisi tomonidan muvaffaqiyatli o‘tgani tasdiqlandi.
Joriy yilning 13-14-noyabr kunlari Samarqand shahrida O'zbekiston-Turkiya 2-ta'lim forumi bo'lib o'tdi. Forumning shoʻba yigʻilishlari doirasida ikki davlatning 60 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari rektorlari ishtirokida B2B shaklida qator hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
“TIQXMMI” MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti rektori tomonidan Turkiyaning quyidagi Universitetlari bilan hamkorlik shartnomalarini imzolandi:
- 1.Marmara Universiteti
- 2.Ushak Universiteti
- 3.Karamanugli Mehmetbey Universiteti
- 4.Siirt Universiteti
- 5.Istanbul Texnik Universiteti
- 6.Isparta yuksak bilimlar Universiteti
Joriy yilning Fevral oyida Polsha davlatining UNIVERSITY OF WARMIA AND MAZURY IN OLSZTYN Universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi va o’zaro talabalar almashinuvi hamda professor o’qituvchilar stajirovkalarini amalga oshirish kelishib olindi.
"TIQXMMI,, Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutidan Xorijiy davlatlardan kelgan xorijliklarning rasmiy tashriflari
2021-yil fevral oyidan boshlab institut talabalari uchun AQSH Fulbright dasturi volontyori Paul Joseph Hoke va Gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Fayziyeva Komila Axrorovna va Dilso‘z Musayeva tomonidan seminar-trening va to‘garak darslar tashkil qilindi. Seminar-trening mobaynida talabalarga AQSH ta’lim tizimi va ta’lim grantlari haqida ko‘pgina ma’lumotlar berildi. TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutiga taklif qilindi va talabalar uchun master-klass darslari tashkil qilindi.
2022-yil 4-iyunida Turkiyaning DICLE Universiteti xorijiy tillar Professor-o’qituvchisi PhD Jihad Gunduzning institutimizga tashrifi va DICLE universiteti hamda Erasmus+ dasturi haqida Professor-o’qituvchilarimizga Seminar taqdimoti bo’lib o’tdi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli qarorida belgilangan oliy ta’lim muassasalari, qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari o‘quv jarayonlariga yuqori malakali xorijiy olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarni keng jalb qilish vazifasi ijrosini ta’minlash maqsadida, Vengriya qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar universiteti professori, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Feher Istvanning “Qishloq xo‘jalik mahsulotlari sifatini baholash va boshqarish” mavzusidan "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti talabalariga seminar darsi o’tib berildi.
Professor Abdulla Sessiz, Murat Turgut, PhD – Qishloq xo’jaligi fakulteti ma’ruzachisi, Dijle universiteti.
Tashrifdan maqsad joriy o‘quv yilida Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti va Dijle universiteti o’rtasida imzolangan memorandumga asosan Erasmus+ Xalqaro kredit mobilligi dasturi doirasida Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti talabalariga ma’ruza o‘tish, fakultet professor-o‘qituvchilari uchun seminar-trening tashkil qilishdan iborat, Tashrif kunlari – 13 iyun – 17 iyun, 2022 yil.
2023-yil 20-fevralda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutiga Germaniya federativ Respublikasidan LOGO (Landwirtschaftliche Okologische gleichgewicht mit Osteeuropa) tashkiloti rahbari janob Dr Hartwig Mennen tashrif buyurdi va institut bilan shartnoma imzoladi, shartnoma bo’yicha institutning qishloq xo’jaligi sohasida ta’lim olayotgan talabalarni Germaniyadagi qishloq xo’jaligi tashkilotlarida amaliyot o’tashlari kelishib olindi.
8-iyun, fevralda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutiga Yaponiya davlatidan deligatsiya tashrif buyurdi, deligatsiya a’zolari: Yaponiyaning Kobe universiteti professori Takanari Nagano, Yaponiya Kiyote universiteti professori Xo’janazarov Temur Muhiddinovich, Yaponiya Kobe universiteti tayanch doktaranti Liyu Xou Chen.
Tashrif davomida Ekologiya va suv resurslarini tahlil qilish va sug’orilmaydigan yerlarga suv muammosini yechish masalasi bo’yicha prezintatsiyalar o’tib berishdi.