Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi boshlig‘i: Arabov Erkin Oltiyevich
Qabul vaqti: Telefon: +998 97 229-72-46 E-mail: |
Bo‘lim haqida
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi 2019-yil 4-sentabrda tashkil etilgan. Bo‘lim o‘z vazifalaridan kelib chiqib, talabalarni milliy istiqlol g‘oyalariga cheksiz sadoqat, ona Vatanga mehr – muhabbat, ozod va obod mamlakat barpo etishdek ulug‘ va oliyjanob maqsadga e’tiqod, jasurlik va fidoiylik ruhida tarbiyalashga doir institutda o‘tkaziladigan ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarni tashkil etadi. Shuningdek, iqtidorli talaba-yoshlarimizni bilim va salohiyatlarini yuzaga chiqarish maqsadida turli ilmiy, ijodiy va badiiy to‘garaklar, klub va yig‘inlarni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi. Shu bilan birga talabalar turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning tashkil etilishi hamda institut Axborot resurs markazining ma’naviy-ma’rifiy hayotini nazorat qilib boradi.
Bo‘lim yuqoridagi ishlarni amalga oshirishda institutuning jamoat tashkilotlari ya’ni institut Kasaba uyushmasi, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti, Xotin-qizlar kengashi, “Gumanitar fanlar” hamda “Matematika va tabiiy fanlar” kafedralari bilan chambarchas holda faoliyat olib boradi.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi institut jamoasi, ayniqsa talaba-yoshlar o‘rtasida milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish orqali inson huquqlari va qadr-qimmatlarini ulug‘lashga, jismonan sog‘lom, aqlan yetuk, dunyoqarashi teran va mustaqil fikrlovchi barkamol yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan uzoq muddatli, keng ko‘lamli ma’naviy-axloqiy tarbiya dasturini amalga oshiradi.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon, Qaror va Farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari hamda institut ichki tartib-qoidasi va ushbu bo‘lim Nizomiga binoan faoliyat ko‘rsatadi.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining asosiy maqsadi - talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy, estetik, axloqiy dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini turli xil yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish hamda mustaqil O‘zbekistonning chinakam fidoiy, vatanparvar shaxsi sifatida tarbiyalashdan iborat.
Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning asosiy yo‘nalishlari:
- talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida, mustaqil O‘zbekiston Respublikasining xaqiqiy fuqarolari etib shakllantirish;
- Vatan oldidagi fuqarolik va farzandlik vazifalarini sidqidildan bajarishga tayyorlash;
- talabalarda kasb hunarni mukammal egallash mas’uliyatni oshirish;
- talabaning shaxs sifatidagi, o‘ziga xos individual fazilatlarini shakllantirish va takomillashtirish;
- talabalarni ijtimoiy faollik, tashabuskorlik, o‘qishga va kasbga bo‘lgan hurmat va ijtimoiy mas’ullik hissini keng targ‘ib qilish;
- talabalar ijtimoiy-siyosiy va huquqiy ongini rivojlantirish, ularda tanqidiy va tahliliy fikrlash ko‘nikmalarni kengaytirish;
- talab-yoshlarga salbiy illatlar: adolatsizlik, ta’magirlik, mahalliychilikning salbiy oqibatlarini anglatish;
- talaba-yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqishlari asosida ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etish;
- manzillashgan ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarni takomillashtirib borish.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining asosiy vazifalari:
- mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni talaba yoshlar orasida keng targ‘ib etish;
- talaba-yoshlar orasida axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, badiiy tarbiyani shakllantirish ishlarini yo‘lga qo‘yish;
- milliy urf-odatlar, qadriyatlarni targ‘ibotiga bag‘ishlangan anjumanlar, davra suxbatlari va uchrashuvlarni tashkil etish;
- talabalarning ma’naviy va jismoniy kamolotini yuksaltirish ishlarini takomillashtirishga ko‘maklashish;
- institutda ma’naviy, ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, bu borada zarur meyoriy hujjatlarni ishlab chiqish va uni amalga oshirilishini ta’minlash;
- diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida talaba yoshlar orasida mafkuraviy immunitetni qaror toptirish;
- yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarishga ko‘maklashish
- yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish;
- yoshlar ma’naviyatini oshirish, ular orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish;
- talaba qizlarni kasb-hunarlar egallashlariga ko‘maklashish ishlarini tizimli tashkil etish;
- Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining shahar, tuman bo‘limlari hamda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan jamg‘armalar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishda faol ishtirok etishdan iborat.