Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o'rinbosari Ravshanov Hamroqul Amirqulovicht.f.d., professor
Qabul vaqti: Tel: +998 91 474-81-35 Email: ravshanovhamroqul@mail.ru A-221-xona |
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-maydagi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filialini tashkil etish tо‘g‘risida”gi 437-sonli Qaroriga muvofiq 2019-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali tashkil etilgan. Filial о‘z faoliyatini 2019-yil 4-sentabrdan boshlagan.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi” PQ-42-sonli Qaroriga asosan Toshkent irrigatsiya va qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutiga aylantirilgan.
О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirining 2019-yil 27-avgustdagi №05-k-sonli buyrug‘i asosida Ravshanov Hamroqul Amirqulovich Toshkent irrigatsiya va qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali ilmiy ishlar va innovatsiyalar bо‘yicha direktor о‘rinbosari etib tayinlangan. Dastlab, 2019-yilda institutning ilmiy faoliyati direktor о‘rinbosari va kotib-ish yurituvchi bilan boshlangan.
Bugungi kunda esa institutda ilmiy sohada 2019-yil 27-avgustdan “Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bо‘yicha direktor о‘rinbosari”, 2021-yil 18-oktabrdan №89-sonli buyruq asosida “Xalqaro hamkorlik bо‘limi” bо‘limi, 2021-yil 20-oktabrdan №91-sonli buyruq asosida “Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish” bо‘limi, 2023-yil 1- maydan № 49-k-sonli buyruq asosida “Ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash” bо‘limi faoliyat kо‘rsatmoqda.
ILMIY ISHLAR VA INNOVATSIYALAR BO‘YICHA DIREKTOR O‘RINBOSARINING ASOSIY VAZIFALARI:
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida institutda ta’lim-tarbiya, o‘quv-uslubiy yo‘nalishdagi faoliyatga rahbarlik qiladi va muvofiqlashtiradi.
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosarining lavozim vazifalariga quyidagilar kiradi:
davlat ta’lim standartlari va malaka talablari asosida ilmiy ishlarni tashkil etish, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
jahon davlatlarida qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida erishilgan ilm-fan yutuqlari, yaratilgan zamonaviy texnologiyalari, ilg‘or tajribalarini o‘rganish va ularni ilmiy-amaliy faoliyatida qo‘llash, targ‘ib etish va joriy etish borasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni yanada takomillashtirish;
Davlat ilmiy texnika dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan fundamental, ilmiy-amaliy va innovatsiya grant loyihalarining aprobatsiyasini tashkil etish;
institutda xalqaro aloqani rivojlantirish, xorijiy grant va investitsiyalarni jalb etish, ularni samarali amalga oshirish;
talabalarni ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash uchun yetakchi xorijiy qishloq xo‘jaligi va suv xo‘jaligi tashkilotlariga yuborish;
institut professor-o‘qituvchilarini, katta ilmiy xodim-izlanuvchilarini va mustaqil ilmiy izlanuvchilarini qishloq va suv xo‘jaligini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishga jalb etish;
talabalar, professor-o‘qituvchilar, katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar va mustaqil ilmiy izlanuvchilar tomonidan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalarining fakultetlari va yetakchi soha kafedralari kabinetlarini tashkil etish;
institutni bitiruvchi bakalavr va magistrlarining bilim darajasini o‘rganish asosida ularning orasidan iste’dodli va ilmga chanqoq yoshlarni tanlab olib, ilmiy ishlarga keng jalb qilish. Iqtidorli magistrantlar, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi va katta ilmiy xodim-izlanuvchilarni ishga joylashtirish va institutda ishga olib qolish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
institutdagi mavjud laboratoriyalar va ilmiy markazlari faoliyatini tahlil qilish va rivojlantirish choralarini ko‘rish. Kafedralar, ilmiy laboratoriyalar va markazlarning yillik ilmiy-tadqiqot faoliyati hisobotlarini o‘tkazish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini zamonaviy usullarda baholashni amalga oshirish;
institut eksperimental muassasasi va o‘quv-ilmiy tajriba stansiyasida o‘tkaziladigan ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilishni boshqarish;
institut kafedralarida ilmiy-tadqiqot faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
ilmiy-tadqiqotlar jarayonlarini ta’minlaydigan bo‘limlar, dekanatlar va kafedralar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;
institut kafedralari, laboratoriyalari va markazlarida budjet, xorijiy va davlat grantlari hamda xo‘jalik shartnomalari asosida bajarilgan ilmiy tadqiqotlar, ularning natijalarini ishlab chiqarishga tadbik etish bo‘yicha tavsiyalar berish;
institutda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, iqtidorli talabalar bilan ishlash va ularni fan olimpiadalariga tayyorlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish;
malakaviy imtihonlarni topshiruvchilar ro’yxati, imtihon qabul qilish vaqti, joyi va komissiyaning tarkibini aniklash va OAK bilan muvofiqlashtirish, imtihon sessiyasini tashkil etish;
institutda faoliyat ko‘rsatayotgan ilmiy seminarlar va ixtisoslashgan kengashlar faoliyati monitoringini tashkil kilish;
ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash maqsadida Respublikaning ilmiy-tadqiqot institutlari, xorijiy mamlakatlar ilmiy tashkilotlari bilan aloqani rivojlantirish;
fakultetlarda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni Talabalar ilmiy jamiyati, Fan to‘garaklari va ilmiy faoliyatga jalb etishni tashkillashtirish;
respublika va xorijda e’lon qilingan ilmiy ishlar tanloviga taklif-loyihalar tayyorlash va unda institutning munosib ishtirokini tashkil etish;
ilmiy amaliy konferensiyalar tashkil etish, institut ilmiy-uslubiy faoliyatini oshirish ishlariga rahbarlik qilish, ilg‘or ilmiy-uslubiy tajribalarni umumlashtirish;
ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to‘plamlarini institut xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda institutning barcha ilmiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy davriy nashrlar bilan Axborot-resurs markazi fondini to‘ldirib borish bo‘yicha umumiy rahbarlikni olib borish;
iqtidorli yosh olimlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko‘maklashish, ularning turli Respublika tanlovlarida qatnashishini tashkil qilish, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Beruniy, Navoiy, Ulug‘bek va boshqa nomli nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini tashkil etish va boshqarish;
kafedralar va bo‘limlarni oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etishda ishtirok etish;
ilmiy muammolarni muhokama qilishga bag‘ishlangan simpoziumlar, konferensiyalar va seminarlar hamda anjumanlar tashkil qilish;
ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini xalq xo‘jaligiga tadbiq etish maqsadida reklama va marketing xizmatini uyushtirish;
dissertatsiyalarni himoya qilish bo‘yicha ixtisoslashgan kengashlarning faoliyatini tashkil qilish;
o‘qituvchilar va ilmiy xodimlarni ilmiy-o‘quv markazlarida, jumladan chet ellarda o‘qitishni va malaka oshirishni tashkil etish, ular bilan informatsion aloqalarni kengaytirish;
katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, yosh professor-o‘qituvchilar va mustaqil tadqiqotchilarning shaxsiy rejalarini bajarilishini nazorat qilish;
ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan chora ko‘rish, ular bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha takliflar berish;
o‘rnatilgan tartibda institutning yillik reytingini aniqlash, tanqidiy tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshirish;
institutni o‘rnatilgan tartibda doimiy ichki attestatsiyadan o‘tkazish, tashqi attestatsiya-akkreditatsiyaga tayyorlash va o‘tkazishda faol ishtirok etish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga, vazirliklar va institut direktorining virtual qabulxonalari hamda talabalar va ota-onalar qabulxonalariga tushgan murojaatlarni Ishchi guruh a’zolari bilan o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan lavozim vazifalariga mas’uliyatsizlik bilan qaragan mansabdor shaxslarga intizomiy choralar ko‘rish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
amaldagi qonunchilik asosida boshqa vazifalarni bajarish.