Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi

Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi

Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi mudiri, qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent :

Xazratqulova Shaxnoza Usmonovna

 

Qabul vaqti :

Telefon : (+99891) 455-54-58

E-mail : shakhnoz2002@gmail.com

 

Kafedra haqida maʼlumot.

Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi TIQXMMI MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti Gidromelioratsiya fakulteti tarkibidagi mutaxassis tayyorlovchi asosiy kafedralardan biri hisoblanadi. Uning oliy texnik ta’lim beruvchi ilmiy– pedagogik jamoasining shakllanish tarixi TIQXMMI Qarshi filialining tashkil topishi bilan bog‘liq bo‘lib, “Umum texnik fanlar” kafedrasi negizida 2021 yil 2 aprelda tashkil etildi.

Kafedraning birinchi mudiri qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori (PhD), kata ilmiy xodim Sh.U.Xazratkulova tayinlandi.

Kafedrada 1 ta bakalavr ta'lim yo‘nalishi, 2 ta magistrlik mutaxassisliklari hamda 1ta tayanch doktorantura ixtisosligi mavjud, shu jumladan bakalavriat yo‘nalishlari:

60812300-Suv xo‘jaligi va melioratsiya;

Magistratura mutahassisliklari:

70812302-Melioratsiya sug‘orma dehqonchilik;

70812306-Suv tejamkor sug‘orish texnalogiyalari mutahasisliklaridir.

Tayanch doktarantura ixtisosligi:

06.01.02- Melioratsiya va sug’orma dehqonchilik;

2024 yil 1martda kafedra tarkibidan “Ekologiya va gidrogeologiya” kafedrasi ajralib chiqdi.

Kafedrada xozirda jami 12 ta yaʼni: 3 nafar dotsent,

5 nafar assistent va 4nafar stajyor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilari raxbarligida darsliklar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar yaratildi, PhD doktorlik dissertatsiyalari yoqlandi. Jumladan, q.x.f.f.d., dotsent A.M.Abduazimov tomonidan Suv xo‘jaligi va melioratsiyaga kirish fani bo‘yicha o‘zbek tilida darslik yaratildi.

Kafedrada bakalavr ta’lim yo‘nalishi, magistrlik mutaxassisliklariga Irrigatsiya va melioratsiya, Suvdan foydalanish rejasi asosida ekinlar hosildorligi bashorati, Sho‘r yuvish texnologiyalari, O‘rmon melioratsiyasi, Yerlar rekultivatsiyasi va muhofazasi, Sug‘orish texnikalari, Kimyoviy melioratsiya, Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish, Dehqonchilik va melioratsiya, Suv xo‘jaligi va melioratsiyaga kirish, Qishloq xo‘jalik melioratsiyasi, Qishloq va yaylovlarda suv ta’minoti, Melioratsiya va yerlarni rekultivatsiyalash, Sug‘orish melioratsiyasi, Global iqlim va suv ta’minoti, Suv resurslarini o‘lchovi va vositalari, Sug‘orish tarmoqlaridan foydalanish va avtomatlashtirish, Landshaftli irrigatsiya, Biomelioratsiya, Sug‘orishning resurstejamkor texnologiyasi, Tuproq-o‘simlik-suv bog‘liqligi kabi fanlari o‘qitilmoqda.



Kafedra mudiri Sh.Xazratkulova