Sirtqi bo‘lim boshlig‘i Baratov Dilshod DoniyarovichPedagogika fanlari falsafa doktori, PhD
Qabul vaqti: Tel: +998 99 338-09-22 E-mail: dilshod.baratov.90@inbox.ru |
Bo'lim haqida
Institut Sirtqi bo‘limi institutning tarixi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-maydagi 437-sonli Qaroriga asosan tashkil etilgan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali tarkibida 2020 yil sentyabr oyidan Sirtqi bo‘lim o‘z faoliyatini boshlagan. 2020-2021 o‘quv yilida ilk bor 4 ta ya’ni “Suv xo‘jaligi va melioratsiya”, “Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish”, “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” va “Yer kadastri va yerdan foydalanish” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ajratilgan 200 nafar kvotalarga sirtqi ta’lim shakliga nisbatan viloyatda talablarning yuqoriligi sababli jami 346 nafar yoshlar talabalar safiga qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-42-son bilan tasdiqlangan «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» milliy tadqiqot universitetini tashkil etish qaroriga muvofiq “TIQXMMI” milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti tashkil etildi va Sirtqi bo‘lim ushbu institut tarkibida o‘z faoliyatini davom ettirdi.
2021-2022 o‘quv yili qabul jarayonlari davomida 8 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 712 nafar talabalar qabul qilindi.
2022-2023 o‘quv yili qabul jarayonlariga kelib viloyatdagi kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda 10 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 564 nafar talabalar, shuningdek, 2023-2024 o’quv yiliga kelib 13 ta ta’lim yo’nalishi bo‘yicha 804 nafar talabalar qabul qilindi. Bugungi kun holatida Sirtqi bo‘limda jami 13 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Respublikamizning barcha viloyat va xududlaridan 2364 nafar talabalar, 2015 nafar yigitlar va 349 nafar qizlar ta’lim olib, shulardan 30 nafari davlat granti asosida va 2334 nafari to‘lov-kontrakt asosida tahsil olmoqda.
2022-2023 o‘quv yili qabul vaqtida ilk bor Sirtqi bo‘lim tarkibida ikkinchi mutaxassislik (sirtqi ta’lim shakli) bo‘yicha qabul yo‘lga qo‘yildi va 11 nafar talabgorlar ikkinchi oliy ta’lim bo‘yicha talabalar safiga qabul qilindi. Bugungi kun holatida jami 18 nafar ikkinchi mutaxassislik (sirtqi ta’lim shakli) bo‘yicha talabalar tahsil olmoqda.
Institut sirtqi bo‘limi talabalariga o‘quv jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.11.2017 yildagi “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 930-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi 824-sonli qarorining 1-ilovasiga asosan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modull tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga asosan tashkil etilmoqda.
Sirtqi ta’lim shakli talabalarining o‘quv jarayonlari tasdiqlangan o‘quv jarayoni grafigiga assan o‘quv yili davomida kurslar va semestrlar kesimida tasdiqlangan grafikda belgilangan muddatlarda tashkil etib boriladi va bu haqda talabalarga doimiy xabarnomalar yuborilishi to‘liq yo‘lga qo‘yilgan.
Talabalarning Hemis tizimidan foydalanishlari bo‘yicha va institut veb sahifasi shuningdek ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini doimiy kuzatib turishlari uchun doimiy ushuntirishlar berib boriladi. Barcha talabalar o‘quv yili boshlanishida institut ichki tartib qoidalari va odob-axloq qoidalari bilan tanishtirilgan.
Sirtqi bo‘limda talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari doimiy tahlil etib boriladi. Bugungi kun holatida talabalarning o‘zlashtrish ko‘rsatkichlari 98,9 foizni tashkil etadi.