Sport tadbirlari

Sport tadbirlari

"TIQXMMI" MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida o‘tkazib kelinayotgan sport musobaqalari haqida

MA’LUMOT

 

“TIQXMMI” MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida sport musobaqalari muntazam ravishda o‘tkazib boriladi.

Xususan institutda sportning (Futbol, Voleybol, Stol tennisi, Basketbol, Shaxmat-shashka) turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil etilgan bo‘lib, rejaga asosan guruhlar kesimida musobaqalar tashkil etilib kelinmoqda

 

 

 

 

 

Har oyda sportning barcha turlari bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalari professor-o‘qituvchilar hamda talabalar o‘rtasida tashkil etilib kelinmoqda. Jumladan hozirgi kunda professor-o‘qituvchilar hamda ishchi xodimlar o‘rtasida sportning “Voleybol” turi bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalari davom etmoqda.

 

Shuningdek talabalarimiz “TALABALAR LIGASI” sport musobaqalarining ikkinchi bosqichida ham faol ishtirok etishmoqda.

Joriy yilning 12-fevral kuni Viloyat "Yoshlar markazida" “TALABALAR LIGASI” sport musoboqalarining  ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu musoboqada Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti talabalaridan Zavqiyev Dilshodbek Siddiqjon o‘g‘li hamda Pardayeva  Sevinch Shuhrat qizi ishtiroki ta’minlandi.

"TALABALAR LIGASI” sport musobaqalarining shaxmat turi bo‘yicha viloyat birinchiligi o‘z nihoyasiga yetdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti talabasi Zavqiyev Dilshodbek Siddiqjon o‘g‘li faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Institut jamoasi nomidan talabamizni ushbu g'alaba bilan muborakbod etamiz.

 

Qarshi davlat universitetida viloyat oliy ta’lim muassasalarining "Qalqon" jamoatchilik guruhlari o‘rtasida ilk bora "Vatan himoyasi-muqaddas burch" shiori ostida harbiy sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, do‘stona muhit yaratish va o‘zaro tajriba almashish maqsadida tashkil qilingan musobaqada ishtirokchi jamoalar to‘ldirma to‘p uloqtirish, turnikka tortilish, arqon tortish va tosh ko‘tarish kabi shartlar bo‘yicha bellashishdi. Har bir shart bo‘yicha bahslar qizg‘in tusda o‘tib, qatnashchilar jamoaviy va yakka tartibda o‘z jismoniy imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi. Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti "Qalqon"chilari ham salmoqli natijalar qayd etishdi.

G‘olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

 

"TIQXMMI"MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutining 4-bosqich talabasi Yozxonov Shaxriyor Shuhrat o'g'li  Toshkent shahrida 5-7 mart kunlari o'tkazilgan sportning unversal jang turi bo'yicha erkak va ayollar o'rtasida O'zbekiston chempionatida 71kg vazn toifasida faxrli 3-o'rin bilan taqdirlandi.