Xotin qizlar kengashi raisi: Rasulova Mohira Saʼdullayevna
Qabul vaqti: Telefon: (+99891) 321-33-41 E-mail: |
Bo'lim haqida
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 17-iyundagi 326-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash hamda 2021-yil 6-dekabrdagi institutning №373 A/F sonli qaroriga asosan xotin-qizlar kengashi tuzildi va kengash nizomi ishlab chiqildi. Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi etib Rasulova Moxira Sa’dullayevna saylandi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 13-dekabrdagi 518-sonli buyrug’iga asosan xotin-qizlar kengashi raisiga Xotin-qizlar masalalari bo’yicha direktor maslahatchisi maqomi berildi.
2021-2022-o’quv yilida kunduzgi ta’limda xotin-qizlar soni jami 415 nafarni tashkil etgan bo’lib 39 nafari professor-o’qituvchilar, 37 nafari ishchi xodimlar, 325 nafari talaba qizlardan iborat edi. Ular bilan xotin-qizlar kengashining belgilangan rejasiga muvofiq samarali ishlar olib borildi.Ular orasida 8 nafar nogironligi bor, 3 nafar “Temir daftar”, 3 nafar “Yoshlar daftari” ro’yxatida turadigan talaba-qizlar mavjud edi.
- Hozirgi kunga kelib jami talabalar soni 4067 nafarga yetib, shundan 736 nafarini talaba qizlar tashkil etadi.
Kunduzgi ta’limda ikkita fakultet mavjud bo’lib, Chorvachilik va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash fakultetida 209 nafar talaba-qiz, Gidromelioratsiya fakultetida 181 nafar talaba-qizlar ta’lim olib kelmoqda. Ular orasida 8 nafar nogironligi bor, chin yetim 1 nafar, 5 nafar “Temir daftar”, 5 nafar “Yoshlar daftari”da ro’yxatda turadigan talaba-qizlar ham ta’lim olib kelishmoqda. Magistraturada 5 nafar talaba qiz, doktaranturada 7 nafar professor-o’qituvchilar ta’lim olib kelishayapti.
2023-2024-o’quv yilida 128 nafar xotin-qiz ishchi xodimlar faoliyat yuritmoqda. Shundan 53 nafar xotin-qiz professor-o’qituvchilar bo’lib, fan nomzodi (PhD) 7 nafar, fan doktori (DSc) bir nafarni tashkil etadi.
Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisining vazifalari
- “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yilida gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish choralarini ko‘rish;
- Oliy ta’lim muassasalari talabalari orasida oilalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, oilaviy ajralishlarning salbiy oqibatlari yuzasidan tizimli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish;
- OTMda mehnat qilayotgan xotin-qizlar o‘rtasida iqtidorli, salohiyatli kadrlarni aniqlab, ulardan zaxira kadrlarini shakllantirish;
- OTM muassasalarida talaba qizlarni axloqiy va estetik madaniyatini, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish;
- Qizlarning ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash va ishga joylashishiga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- Notinch oilalar bilan ishlash va bunday oilalarda yashayotgan talaba-qizlarga alohida e’tibor qaratishni tizimli yo‘lga qo‘yish;
- Talabalar turar joylarida, xususiy xonadonlar va ijarada yashovchi xotin-qizlar o‘rtasida ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy ishlarni tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga yo‘naltirilgan ijodiy, kasbiy, badiiy to‘garak-klublar faoliyatini yanada kuchaytirish bo‘yicha yagona tizim ishlab chiqish va qat’iy nazoratga olish;
- Xotin-qizlar o‘rtasida ta’lim, ilm-fan sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borishni rivojlantirish;
-Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularga oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini o‘rgatish, oilalarni mustahkamlash, erta nikoh va oilaviy ajralishlarning oldini olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti va “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha tizimda samarali faoliyat yuritayotgan xodimlarni tavsiya etish yuzasidan taklif kiritish hamda nomzodlarni tanlashda qonuniylik, ijtimoiy adolat, shaffoflik tamoyillariga rioya etilishini ta’minlash;
- OTMda xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlar, amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida OAV orqali yoritib borish.