Gumanitar fanlar kafedrasi

Gumanitar fanlar kafedrasi

“Gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri

Yakubova Shaxnoza Abduraxmonovna

Tarix fanlari bòyicha falsafa doktori.Dotsent (DSc)

 

Теl.:  +99890-674-14-41

Email: yakubova.shaxnoza@tiiamekb.uz

 

Kafedra haqida maʼlumot

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 28 maydagi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xojaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filiali tashkil etish to‘grisida”gi 437-sonli Qaroriga muvofiq 2019 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xojaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filialida “Gumanitar fanlar”kafedrasi tashkil etildi.

2021 yilda Qarshi filiali “TIQXMMI” MTU ning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutiga aylantirildi.

    Bugungi kunda kafedrada o‘qitiladigan fanlar soni 5 ta bo’lib, fanlar bo’yicha 3 ta, xususan “Ijodkor irrigator”, “Zakovat”, “Ingliz tili” va “Rus tili” togaraklari tashkil etilgan.

 Kаfеdrаdа byudjеt аsоsidа bаjаrilаyotgаn ilmiy-tаdqiqоt ishlаri: kafedra professor - o‘qituvchilari  “O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlar va ularga oid lingvistika” mavzusi bo‘yicha davlat byudjet hisobidan ilmiy – tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. 

Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar: kafedrada o‘qitiladigan fanlar xususiyatidan kelib chiqqan holda institutda o‘tkazilgan barcha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni kafedra professor-o‘qituvchilari doimiy tarzda faollik ko‘rsatib bormoqdalar.  

Vatanparvarlik, yurtga sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish, yoshlarning ijodiy fikrlashini qo‘llab-quvvatlash, ular o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida institut va talabalar turar joylarida “Yoshlarning ma’naviy-axloqiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yo‘llari” kabi mavzularda muntazam ravishda targ‘ibot tadbirlari tashkil etib kelinadi.

Bugungi kunda kafedrada jami 23 ta ya’ni: 2 nafar professor, 3 nafar dotsent, 3 nafar katta o‘qituvchi, 11 nafar assistent va 4 nafar stajyor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda.

Hozirgi vaqtda kafedra jamoasini tarix fanlari doktori, dotsent Ch.H.Temirova boshqarib kelmoqda.