Agrotexnologiyalar kafedrasi

Agrotexnologiyalar kafedrasi

“Agrotexnologiyalar” kafedrasi mudiri, q.x.f.n.

Nurillayev Raxmat Yarashevich                                  

 

Qabul vaqti:

Telefon: +998 90 669-77-33

E-mail: raxmatnurillaev@gmail.com 

KAFEDRA TARIXI

“Agrotexnologiyalar” kafedrasi institut direktorining 2023-yil 5-sentyabrdagi 181A/f-sonlibuyrug‘i bilan tashkil etildi.  Bugungi kunda “Agrotexnologiyalar” kafedrasida 14 nafar professor-o‘qituvchilar, shundan 1 nafar fan doktori (DSc), 7 nafar dotsent, 3 nafar katta o‘qituvchi, 3 nafar assisentlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

O’ZARO HAMKORLIK

      Kafedraning Toshkent Davlat agrar universiteti, Chorvachilik  va parrandachilik ilmiy-tadqiqot tekshirish instituti, Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti, Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar instituti, Janubiy dehqonchilik  ilmiy-tadqiqot instituti,  Lalmikor dehqonchilik  ilmiy-tadqiqot instituti, O‘simliklar genetik - resurslari ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent kimyo-texnologiyalar instituti, Qarshi Davlat universiteti, G‘o‘za seleksiyasi, urug‘chiligi va agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, “Qashqadaryo donmahsulotlari” OAJ, Qashqadaryo viloyati fermerlari kengashi, Qashqadaryo viloyati qishloq va suv xo‘jaligi  boshqarmasi, “Qashqadaryo paxtasanoat” hududiy birlashmasi, Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi bilan o’zaro hamkorlik yo’lga qo’yilgan.

FAN, TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASI

    Kafedrada Qashqadaryo viloyati fermerlari kengashi, “Qashqadaryo donmaxsulotlari” OAJ, “Dunyo-M” OAJ, “Shahrisabz konserva” OXJ, Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi, Qashqadaryo viloyati hayvon kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi markazi bilan fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi yo‘lga qo‘yilgan.

KAFEDRANING ILMIY-TADQIQOT ISHLARI BO‘YICHA ISTIQBOLLI ISH REJASI

  • Ilmiy salohiyatni oshirish (PhD va DSc himoyalari)
  • Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish
  • Davlat granti asosida ilmiy-tadqiqot loyihalarini bajarish (Fundamental, amaliy, va innovatsion loyihalar)
  • Xo‘jalik shartnomalari (Startap loyihalar bo‘yicha ishlanmalarni tijoratlashtirish)
  • Darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiyalar, Scopus va WOS maqolalarni chop etish
  • Xorijiy hamkorlikni rivojlantirish, Xalqaro konferensiyalartashkil etish (har 2 yilda bir marta)
  • Nufuzli Xalqaro va Respublika tanlovlar g‘oliblarini tayyorlash