Gidromelioratsiya fakulteti dekani Qurbonov Azizali IlxomovichTexnika fanlari falsafa doktori
Qabul vaqti: Seshanba,Juma 9:00; 16:00 Telefon: +998-97-315-04-48 E-mail: qurbonovazizali448@gmail.com |
Fakultet tarixi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-maydagi 437– sonli Qaroriga asosan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali tashkil etildi.
Respublikada innovatsion ta’lim va texnologiyalar transferini qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratish, ta’lim va ishlab chiqarishni uzviy bog‘lash, oliy ta’lim muassasalari faoliyat yo‘nalishlarini tubdan takomillashtirish, ularning xalqaro nufuzini oshirish, samarali boshqaruv tizimini tashkil etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini izchil ta’minlash maqsadida:
2021-yil 10-dekabrda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti deb qayta nomlanishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-42-son qarori qabul qilindi hamda Universitetning Qarshi filiali negizida Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutini tashkil etildi.
Respublikamizda gidroenergetika, irrigatsiya tizimlarini boshqarish, suv xo‘jaligi obyektlari qurilishi, kadastr va geoinformatika, “yashil iqtisodiyot”, “yashil energetika”, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi,sug‘orish tizimlari samaradorligini oshirish, tejamkor sug‘orish texnologiyalarini yaratish, “raqamli qishloq xo‘jaligi” va geoaxborot tizimlari asosida yerlarning meliorativ holatini baholashni yo‘lga qo‘yish hamda tuproq unumdorligini oshirishning takomillashgan usullarini ishlab chiqish, raqamli texnologiyalar tarmoqlari uchun oliy ma’lumotli muhandis kadrlarni tayyorlash maqsadida institutda Gidromelioratsiya fakulteti tashkil etildi,
Fakultetda ixtisoslashgan “Irrigatsiya va melioratsiya”, “Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalari ”, “Gumanitar fanlar ” kafedralari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Fakultet professor-o‘qituvchilari 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab suv xo‘jaligi obyektlari qurilishi, gidroenergetika, “aqlli” qishloq xo‘jaligi texnologiyalari va geoinformatika kabi yo‘nalishlar bo‘yicha xorijiy davlatlarning nufuzli oliygohlari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlarini hamda keng ko‘lamli fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish bo‘yicha;
Qishloq va suv xo‘jaligining dolzarb muammolarini hal etishga qaratilgan fundamental va amaliy izlanishlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha;
Zamonaviy o‘quv va ilmiy-laboratoriya bazasini shakllantirish, uni ilg‘or texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash hamda sohani rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-innovatsion tadqiqotlarni kengaytirish va ularning transferi bo‘yicha samarali tizimni shakllantirish bo‘yicha;
Gidrotexnika inshootlari konstruksiyalarini takomillashtirish, hisoblash, loyihalash va xavfsizligini ta’minlash borasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha;
Ilmiy ishlanmalar hamda innovatsiyalar transferini joriy etish va ularni tijoratlashtirish uchun sharoitlar yaratish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar
Bugungi kunda fakultetda Suv xo‘jaligi va melioratsiya, Gidrotexnika inshootlar va nasos stansiyalaridan foydalanish, Gidrotexnika qurilishi, Ekologiya va atrof muhit muhofazasi, Professional ta’lim (Suv xo‘jaligi melioratsiyasi),Iqtisodiyot, Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 676 nafar talaba ta’lim olmoqda.