Chorvachilik va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti

Chorvachilik va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti

Chorvachilik va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti dekani

Qodirov Uchqun Ilxomovich

Texnika fanlari falsafa doktori, dotsent

 

Qabul vaqti:  Chorshanba, Juma 9:00 dan 16:00 gacha

Telefon: +99890-616-85-25

E-mail: uchqun.1277@mail.ru

 

Fakultet haqida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-maydagi 437-sonli Qaroriga asosan tashkil etilgan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali tarkibida “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti ham ochilgan. O‘z faoliyatini 2019-yil 4-sentabrdan boshlagan fakultet tarkibida ilk davrlarda “Matematika va tabiiy va fanlar”, “Gumanitar fanlar ” va “Umumtexnik fanlar” kafedralari faoliyat ko‘rsatib 32 nafar professor-o‘qituvchilar 6 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 293 nafar bakalavriat kunduzgi taʼlim yo‘nalishlari talabalariga bilim bera boshlagan.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-42-son bilan tasdiqlangan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti tashkil etildi va «Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash» fakulteti ushbu institut tarkibida o‘z faoliyatini davom ettirdi.

2022-yil 1-apreldan fakultet nomi “Chorvachilik va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” deb qayta nomlandi va bugungi kunda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Fakultet rivoji va taraqqiyotiga professorlar F.M.Mamatov, X.A.Ravshanov, O.J.Pirimov, Ch.Temirova, dotsentlar A.Abdiyev, D.Quvvatov, B.Muqimov, X.Raximov, Sh.Yakubova, L.Bozorova, A.Lutfullayev va boshqalar katta hissa qo‘shgan. 

Bugungi kunda fakultetda “Umumtexnik fanlar”, “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish”, “Yer resurslarini boshqarish”, “Geodeziya va geoinformatika”, “Matematika, jismoniy tarbiya va sport” kafedralari hamda 2024-yil 1-martdan yangi tashkil etilgan “Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalar” kafedralari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Dastlabki yillarda fakultetda “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish”, “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish”, “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi”, “Yer kadastri va yer tuzish”, “Geodeziya va geoinformatika” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlangan bo‘lsa, ayni vaqtda  “Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi”, “Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)”, “Professional ta'lim (Yer kadastri va yer tuzish)”, “Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalarni qo‘llash” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ham jami 9 ta ta’lim yo‘nalishida kunduzgi ta’limda mutaxasislar tayyorlab kelinyapti.

Shuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishda mashina va jihozlarni yaratish, takomillashtirish va sinash, jihozlarni va materiallarni standartlashtirish bilan bog‘liq tadbirlarda ishtirok etish; dehqonchilik, chorvachilik va dastlabki qayta ishlash texnikalarini tadqiq qilishda yangi texnik vositalarni qo‘lla; ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari bilan xamkorlikda energetik vositalar, qishloq xo‘jaligi mashinalaridan foydalanishning zamonaviy usullari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish; mashina traktor agregatlarini boshqarishning zamonaviy usullari bo‘yicha mamlakatdagi va xorijiy davlatlarda qo‘llanilayotgan raqamli texnologiyalar, namunaviy usullar bo‘yicha eksperimental tadqiqotlarni o‘tkazish va ularning natijalarini tahlil qilishda ishtirok etish, tadqiqot natijalari va ishlanmalarni ishlab chiqarishga tatbiq etish sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirib kelinmoqda.

2023-yil 4 ta bakalavriat ta’lim yo’nalishida 171 nafar talabalar fakultetning ilk bitiruvchilari bo‘ldi. Bugungi kunda fakultetda 9 ta  bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida Respublikamizning barcha viloyat va xududlaridan jami 986 nafar talaba, 780 nafar yigitlar va 206 nafar qizlar ta’lim olib, shulardan 365 nafari davlat granti asosida va 621 nafari to‘lov-kontrakt asosida tahsil olishmoqda

Shuningdek fakultet halqaro hamkorlik borasida Turkiyaning “Dicle” universiteti bilan keng qamrovli ilmiy, metodik, kadrlar almashinuvi yo‘nalishlarida samarali aloqa tizimi yo‘lga qo'yilgan. Jumladan, 2021-2022 o‘quv yilida 1 nafar talabamiz Nilufar Berdimurodova akademik mobillik asosida tahsil olib qaytdi. 2021-2022 o‘quv yilida 2 nafar talabalarimiz “TIQXMMI” MTUning Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutida, 2023-2024 o‘quv yilida 2 nafar talabamiz “TIQXMMI” milliy tadqiqot universitetida va 1 nafar talabamiz “TIQXMMI” MTUning Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutida akademik mobillik asosida tahsil olib, ta’lim almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan.

Fakultetda iqtidorli talabalarimiz o‘quv jarayonidagi faolliklari bilan bir vaqtda ilmiy-tadqiqot, innovator va ratsionalizatorlik faoliyatlarini ham borishmoqda. Talabalar Respublika ko‘rik tanlovi va nomli davlat stipendiyalarida ham munosib ishtirok etmoqdalar. 2021-2022 o‘quv yilida Shirinboyev Xudoynazarbek – Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibi, A.Oripov nomidagi maxsus stipendiya sohibi, 2022-2023 o‘quv yilida Almasova Munavvar – Islom Karimov nomidagi, Xamdamov Burgut-Ali – Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi va Shirinboyev Xudoynazarbek – Prezident stipendiyasi sohibi, Mulkamalov Sobir A.Oripov nomidagi maxsus stipendiya sohibi, 2023-2024 o‘quv yilida Davlatov Abdulla – Islom Karimov nomidagi, Nosirov Jaxongir – Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi va Almasova Munavvar – Prezident stipendiyasi sohibi bo‘ldilar. Shuningdek, Ulug‘murodov Elshod Abdisalim o‘g‘li JTL stipendiyasi, Raupova Orasta Ikrom qizi - A.Oripov nomidagi maxsus stipendiya sohibi bo‘ldilar.