Reja-moliya bo‘limi boshlig‘i: Turdiqulov Sobirjon NuralievichQabul vaqti: Telefon: +998 91 217-78-55 E-mail: sobirjon_turdiqulov@mail.ru |
Reja-moliya bo‘limi boshlig‘i lavozim vazifalari
· Bo‘limning barcha faoliyati va xodimlar mehnatini tashkil qilish;
· Bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta'minlash;
· Bo‘lim maqsadidan kelib chiqib ta'lim muassasasida mutasaddi bo‘lgan bo‘g‘inlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
· O‘zbekiston Respublikasining ta'limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining Hay'at Qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, institut rektori buyruqlarining ijrosini ta'minlash;
· Yangi ishga qabul qilingan professor-o‘qituvchi, xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Yagona Tarif Setkasiga asosan oylik ish xaqi qo‘yib berish;
· Institutning Davlat byudjeti va kontrakt bo‘yicha xarajatlar smetalarini tuzish va belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta'minlash;
· Professor-o‘qituvchilar va xodimlarning oylik maoshlarini qonuniy belgilanishini ta'minlash;
· O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni va Hukumat qarorlariga asosan ish xaqlari va boshqa to‘lovlarni o‘zgarilishi bo‘yicha smetalarni o‘z vaqtida tuzish va tasdiqlanishini ta'minlash;
· Institut faoliyatini rejalashtirish va moliyalashtirilishini amaldagi me'yoriy xujjatlar asosida shakllantirilishini ta'minlash;
· Institutning Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari mablag‘lari doirasida shtatlar jadvallarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlanishini amalga oshirish;
· Shtatlar jadvali asosida har bir xodimning lavozim me'yorini belgilangan qonunlar va boshqa xuquqiy xujjatlar asosida belgilanishini ta'minlash;
· Byudjet, kontrakt va xo‘jalik shartnoma smetalarini tuzishni tashkil qilish va bajarilishini nazorat qilish;
· Institutning shahsiy xamda safar bo‘yicha chiqarilgan buyruqlarning xarajatlar qismini tasdiqlangan smetaga mosligini nazorat qilib borish;
· Chorak va yillik xisobotlarni tayyorlanishini tashkil qilish va Sog‘liqni saqlash vazirligiga belgilangan muddatlarda taqdim qilinishini ta'minlash;
· Axborot kommunikasiya texnologiyalarni puxta bilish;
· Institut ichki tartib qoidalari, odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya qilish.
Bilishi kerak:
O‘zbekiston Respublikasining ta'limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining Hay'at Qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, institut rektori buyruqlari mohiyatini anglash.
Malaka talablari:
· Oliy ta'lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta'lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;
· Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas'uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat'iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta'minlash xususiyatlariga;
· Oliy ma'lumotga ega bo‘lishi;
· Bo‘lim yo‘nalishi bo‘yicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.