Kasaba uyushmasi

Kasaba uyushmasi

Kasaba uyushmasi raisi:

Eshmurodov Mirjamil Namanovich

 

Qabul vaqti:

Telefon: +998 90 894-16-62

E-mail: 

 

Kasaba uyushmasi raisining lavozim vazifalari:

- "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislar instituti" milliy tadqiqot universitetiyning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti xodimlari va talabalari Kasaba uyushma qo‘mitasi (KUQ) Institut Nizomi va tarkibiy tuzilishiga asosan tashkil etilgan hamda Jamoa shartnomasiga asosan faoliyat yuritadi. Hozirgi kunda institut KUQ Jamoa shartnomasi, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi shahar bo‘linmasi kengashi Nizomi(ustav) hamda yuqori Kasaba uyushma tashkilotlari buyruqlari asosida institut ma’muriyati bilan hamkorlikda faoliyat yuritib kelmoqda. Institut KUQ tarkibida birlashgan kasaba uyushma raisi hamda 2 ta fakultet bo‘yicha  kasaba uyushma raislari  va 3 ta doimiy taftish komissiyasi mavjud. Ular o‘z ishlarini tasdiqlangan reja asosida olib boradi.

- Institut ma’muriyati bilan KUQsi o‘rtasida jamoa a’zolarining ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan Jamoa shartnomasi imzolangan. Ushbu jamoa shartnomasi bandlarining bajarilishi muntazam ravishda nazoratga olingan. O‘zbekistonda demokratik jamiyat va fuqarolik jamiyatini barpo etish, hayotda iqtisodiy-siyosiy, madaniy va ma’naviy, ijtimoiy islohotlarni chuqurlashtirish kasaba uyushmalarining o‘z a’zolarini ijtimoiy-iqtisodiy huquq va intilishlarini  himoya qilishda keng imkoniyatlar yaratilib kelinmoqda.

-  "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislar instituti" milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti xodimlari va talabalari  kasaba uyushma qo‘mitasi o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun ish beruvchi bilan hamkorlikda Jamoa shartnomasi, zarur nizom va dasturlarni ishlab chiqgan. Yildan-yilga Kasaba uyushma qo‘mitasi a’zolarining soni ortib bormoqda. "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislar instituti" milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti xodimlari va talabalari  Kasaba uyushma qo‘mitasi O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi shahar bo‘linmasi kengashi  tarkibiga kiradi.

- "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislar instituti" milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti xodimlari va talabalari Kasaba uyushma qo‘mitasining asosiy maqsad va vazifalari

- Kasaba uyushmaning asosiy maqsadi kasaba uyushma a’zolari mehnati xaq-huquqlari, ijtimoiy-iqtisodiy intilishlari, ma’naviy-aqliy hamda ularning oila a’zolarining huquqlarini himoya qilishdan iborat.

- "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislar instituti" milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti xodimlari va talabalari Kasaba uyushma qo‘mitasining asosiy faoliyat yo‘nalishlari:

- Kasaba uyushma qo‘mitasi a’zolarini aqliy va erkinlik huquqlarini himoyalash borasida qonuniy va boshqa me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashish;

- Mehnat qonunchiligi ustidan jamoa nazoratini amalga oshirish;

- Jamoa shartnomalarini tuzish va mehnat faoliyatidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etish;

- Kasaba uyushma a’zolari bilan birgalikda madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish;

- Kasaba uyushma a’zolari va ularning farzandlarining sog‘ligini tiklash, jismoniy tarbiya va sportga jalb etish borasida ishlarni olib borish;

- Kasaba uyushmasi ijtimoiy va nodavlat tashkilotlar, xorijiy mamlakatlar kasaba uyushmalari bilan hamkorlik qilish va xalqaro aloqalarni o‘rnatish.

 - "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislar instituti" milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti xodimlari va talabalari Kasaba uyushma qo‘mitasining tarkibi:

- Konferensiya Kasaba uyushma qo‘mitasining Oliy organi hisoblanadi va u besh yilda bir marotaba o‘tkaziladi.

- Kasaba uyushma qo‘mitasi Konferensiyalar orasida rahbar organ hisoblanadi va besh yil muddatga saylanadi.

- Konferensiyada Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi, o‘rinbosarlari, qo‘mita a’zolari hamda taftish komissiyasi a’zolari saylanadi.

- Kasaba uyushma qo‘mitasi xodimlari Prezidiumi, Plenumi konferensiya qarorlari bajarilishini ta’minlashda qatnashadi.

- Kasaba uyushma qo‘mitasining mablag‘i a’zolarning oylik badali hisobidan tashkil topadi.

- A’zolik badallari oylik maoshlarning kamida 1 foizi miqdorida belgilanadi.