Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi

Taʼlim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i:

Lutfullayev Abduvali Abdunabiyevich

 Falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD). v.b. dotsent

 

Qabul vaqti:

Telefon:+998 90 175-42-07

E-mail:abuvalilutfullayev8@gmail.com

 

Bo‘lim haqida

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 515-son qarorining 14-bandiga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, bevosita institut tarkibiga kiradi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarida Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limlari faoliyatini takomillashtirish to’g’risida”gi 72-son buyrug’iga muvofiq tashkil etilgan bo’lib, bevosita institut tarkibidagi ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi maqomi, asosiy maqsadi, vazifalari, huquqlari va majburiyatlari, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

   Bo’lim institut tashkil qilingan paytidan boshlab faoliyat yuritib kelmoqda. 2019-yildan 2021-yilga qadar bo’lim boshlig’i lavozimida O.Pirimov hamda bosh mutaxassis lavozimida Z.Sherboyevlar faoliyat yuritishgan. 2021-yildan 2024-yilgacha I.Shirinov va bosh mutaxassis lavozimida esa M.Rasulovlar faoliyat yuritishgan. Hozirgi kunda  esa bo’lim boshlig’i lavozimida  A.Lutfullayev va bosh mutaxassis lavozimida SH.Abdullayev faoliyat yuritib kelishmoqda. 

Bo‘limning asosiy maqsadi

Ta’lim sifatini nazorat qilish (TSNQ) bo‘limining asosiy maqsadi TIQXMMI MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti talabalari bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish, TIQXMMI MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutini ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish va uning natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish va oldini olish choralarini ko‘rishdan iborat.

TSNQ bo‘limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari, ishchi o‘quv rejalar va fanning ishchi dasturlari bilan ta’minlanganligi hamda o‘zaro muvofiqligini tahlil etish;

-TIQXMMI MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti ta’lim jarayoni sifatini, uning o‘quv adabiyotlari va o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganish;

- talabalar bilimini baholash jarayonlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish;

- talabalar bilimini baholash jarayonlari va natijalarining xolisligi va shaffofligini o‘rganish;

- talabalar bilimini tanlanma asosida aniqlash uchun qo‘shimcha ravishda nazorat ishlarini o‘tkazish (mazkur nazorat natijasi talabaning o‘zlashtirish ko‘rsatkichida aks etmaydi), natijalarni tahlil qilish, ta’lim sifatiga ta’sir ko‘rsatgan omillarni aniqlash jarayonlarini tashkillashtirish;

-TIQXMMI MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti dekanatlari tomonidan shakllantiriladigan dars jadvallarini optimallashtirishda ishtirok etish;

- har bir fan bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini tahlil qilish va TIQXMMI MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti direktoriga ma’lumotlar berib borish;

- talabalar davomati va professor-o‘qituvchilarning darsga munosabatini monitoringini olib borish;

- baholash natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlash va ularning natijalari yuzasidan TIQXMMI MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti kengashida hamda direktori yig‘ilishida hisobotlar berib borish;

- bitiruvchilarning bilim darajasini o‘rganish maqsadida yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari hujjatlari bilan tanishish;

- tashkiliy-huquqiy va metodik ko‘rsatmalar asosida ta’lim va kadrlar tayyorlash sifati monitoringini olib borish va nazorat qilishni tashkil etish;

-TIQXMMI MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutini ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish va ichki attestatsiya natijalarini, ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni TIQXMMI MTU rektoriga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etish;

- ta’lim sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlarning holatini monitoring qilish, aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan TIQXMMI MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti direktoriga takliflar berish;

- ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;

-TIQXMMI MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti professor-o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganish va xulosalarni TIQXMMI MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti direktoriga ma’lum qilish;

- ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish;

- TIQXMMI MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti talabalar amaliyotining ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olgan holda tashkil etilganligi va uning samarasini nazorat qilish;

-TIQXMMI MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti reytingini aniqlash, baholash, attestatsiya va ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etish;

-TIQXMMI MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutidagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini oshirish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish;

- TIQXMMI MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutidagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o‘rganish maqsadida professor-o‘qituvchilar va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan ijtimoiy so‘rovlar jarayonida ishtirok etish, natijalari yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;

- bitiruvchilarning ta’limni keyingi bosqichiga o‘qishga kirishi yoki ishga joylashishlarini tahlil qilishda ishtirok etish;

- respublika va xorijiy davlatlardagi ta’lim sifatini nazorat qilishga oid yangiliklarni doimiy o‘rganib borish va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;

- TIQXMMI MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti reytingini xalqaro darajaga ko‘tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni oliy ta’lim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uning ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;

- TIQXMMI MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan hamda o‘quv seminarlari va treninglarni o‘tkazish;

-TIQXMMI MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida ichki jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qo‘yilgan vazifalar doirasida seminar mashg‘ulotlarini muntazam ravishda o‘tkazib borish;

- o‘quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarni kengaytirish yuzasidan takliflarni berib borish;

-TIQXMMI MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda TSNQ bo‘limi tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o‘rganish va monitoring natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar berib borish;

- ta’lim sifati holatini o‘rganish natijalariga asoslanib tegishli takliflarni institut rahbariyatiga taqdim etish.