Xalqaro hamkorlik bo'limi

Xalqaro hamkorlik bo'limi

 

Xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i

Axmedov Lazizjon Toshkentovich 

 

Qabul vaqti:

Telefon:  +998 97 294-90-06

E-mail:  

A-Bino 208-xona

Bo'limning vazifalari

Xalqaro aloqalar bo’limi institutning rektor (direktor)ining bevosita rahbarligi ostida quyidagi faoliyatni amalga oshiradi:
- Xorijiy mamlakatlardagi oliy о‘quv yurtlari, jamg‘armalar, nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari о‘rnatish va rivojlantirish;
- chet eldagi oliy о‘quv yurtlari professor-о‘qituvchilarini shartnoma asosida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti talabalariga dars berish uchun taklif etish;
- chet ellik talabalarni shartnoma-tо‘lov asosida“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutiga     о‘qishga taklif etish.

- “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti professor-о‘qituvchilarini xorijiy oliy о‘quv yurtlarida malaka oshirishga va talabalarni ilm olish uchun qisqa va uzoq muddatli safarlarga yuborish;
- Xorijiy mamlakatlarda о‘tkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va anjumanlarda universitet vakillarining ishtirokini ta’minlash;
- О‘zbekistonda о‘tkaziladigan turli darajadagi ilmiy anjumanlarga, О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda, taniqli xorijiy olimlarni taklif qilish;

- Chet eldagi mashhur ilmiy markazlar va turli dasturlar hamda ularning О‘zbekistonda mavjud bо‘lgan vakolatxonalari bilan yaqindan aloqa о‘rnatish va hamkorlik qilish;

- Xorijiy mamlakatlarning О‘zbekistondagi elchixonalari va vakolatxonalari bilan dо‘stona aloqalar о‘rnatish;

- “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institute  professor-о‘qituvchilari va talabalari safarga borgan xorijiy mamlakatlardagi О‘zbekiston Respublikasi elchixonalari bilan aloqa о‘rnatish.
- Instituti professor-о‘qituvchilari va ilmiy tadqiqodchilari (stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilari)ning ilmiy salohiyatini oshirish uchun О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “ISTE’DOD” jamg‘armasi, DAAD, ITEC, MTCP, SIU, TCDC, Erasmus+, kabi va boshqa xalqaro tashkilot va ta’lim fondlari tanlovlarida ishtirokini muvofiqlashtiradi.

XAB о‘z faoliyatini rektor (direktor) nazorati va boshchiligi asosida olib boradi.