Magistratura
Kerak bo'ladigan hujjatlar:
1. Shaxsiy ma'lumotlar(Pasport)
3.Tugatgan ta'lim muassasasi (Diplom va ilova pdf shaklda yuklanadi 10MB dan oshmasligi kerak)
4. Mutaxassislikni tanlash (Topshirishi kerak bo'ladigan OTM nomi va yo'nalishi kiritiladi)
5. Imtiyozlar
6.Til bilish sertifikati
2024/2025-o‘quv yilidan boshlab magistraturaga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi
Magistratura bosqichiga qabul qilishda ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslar uchun xorijiy tilni bilish sertifikati talab etilmaydi
Magistratura bosqichiga qabul qilishda ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslar uchun imtiyozlar
1. Ko‘zi ojizlar toifasiga quyidagi abituriyentlar kiradi:
- maxsus maktab-internatlar tomonidan ko‘zi ojizlar uchun berilgan o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yetuklik attestatiga ega shaxslar;
- imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlari tomonidan ko‘zi ojizlar uchun berilgan diplomga ega shaxslar;
- 9 yillik ko‘zi ojizlar maxsus maktab internatida o‘qigan va 3 yillik o‘rta maxsus, kasb hunar ta’lim muassasasi diplomiga ega bo‘lgan shaxslar;
- umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) hujjati yoki akademik lisey (kasb-hunar kolleji) diplomiga ega bo‘lgan ko‘zi bo‘yicha 1-guruh nogironligi to‘g‘risida belgilangan tartibda berilgan shakldagi ma’lumotnomasiga ega bo‘lgan shaxslar.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.06.2017 yildagi 393-son qarori
2. Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilishda ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslar tomonidan xorijiy tilni bilish bo‘yicha milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatni taqdim etish talab etilmaydi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.10.2022 yildagi PQ-407-son qarori