Matematika, jismoniy tarbiya va sport kafedrasi

Matematika, jismoniy tarbiya va sport kafedrasi

Matematika, jismoniy tarbiya va sport fanlar kafedrasi mudiri:

Raximov Xolmurot Abdullayevich

 

Qabul vaqti:

Telefon: (+99897) 911-53-55

E-mail: Xolmurod.raximov@bk.ru

Kafedra haqida

 “Matematika, jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-maydagi 437-sonli Qaroriga asosan tashkil etilgan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali tarkibida “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti fakulteti tarkibida 2019 yil 9-sentabridan “Matematika va tabiiy fanlar” nomi bilan tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.12.2021 yildagi PQ-42-sonli qarori bilan Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutini tashkil etilgach kafedra faoliyatini shu nom bilan davom etirdi. Kafedraga 2019 yil 9-sentabrdan 2021 yil 3-fevralgacha dotsent, qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi Abdiev Anvarjon Almirzaevich kafedra mudiri sifatida faoliyat olib borgan. 2021 yil 4-fevraldan 2022 yil 12-maygacha kafedra mudirlik vazifasini Mehrochev Barot Botir o‘g‘li bajarib kelgan.  Bugungi kunda kafedrani pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Raximov Xolmurot Abdullaevich  boshqarib kelmoqda. Kafedra nomi institut direktorining 2023 yil 12 oktabrdagi 226 A/f sonli buyrug’i bilan   2023 yil 3 oktabrdan   kafedra nomi “Matematika, jismoniy tarbiya va sport” kafedrasiga o’zgartirildi. Kafedra jamoasi institutda barcha ta’lim yo‘nalishlariga dars mashg‘ulotlarini olib boradi. Kafedrani xorijdagi va respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarining turdosh kafedralari, shuningdek ishlab-chiqarish hamda ilmiy-loyihalash tashkilotlari bilan aloqalari mustahkamlanmoqda.

Bugingi kunda kafedra a’zolari 27 nafarni tashkil etib, shulardan 19 nafari kafedraning doimiy a’zolari, qolgan 8 nafardan 2 nafar ichki va 6 nafar tashqi o‘rindoshlik asosida faoliyat olib borishadi. Kafedra ilmiy va uslubiy salohiyati oshishiga professor-o’qituvchilaridan professor v.b. A.Turg’unov, dotsentlar N.Mustofoyeva, X.Meyliyev, F.Jabborov, B.Ro‘ziqulov va L.Bozorovalar katta  xissa qo’shishmoqda.   

Kafedrada xorijiy mutaxassislarni o‘quv jarayoniga jalb etish bo‘yicha hamkorlik shartnomalarning mavjud bo’lib,  xorijiy professor-o‘qituvchilarni o‘quv jarayoniga jalb etish maqsadida, Janubiy Korea Inha Universiteti, Biomedical Science and Engineering Department, Smart Engineering Major, Katta ilmiy tadqiqotchisi Toshpulatov Muxiddin Amonkulovich hamda Gachon Universiteti assistant professori Maksimova Shakhnoza Shamixitovnalar  kafedrada faoliyat olib bormoqda.

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan institutda mavjud barcha ta’lim yo’nalishlarga quyidagi fanlardan dars mashg’ulotlari o’tiladi: Oliy matematika, Iqtisodchilar uchun matematika, Amaliy ekonometrika, Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modullashtirish, Qishloq xo’jaligida axborot texnologiyalari, Sohada axborot komunikasiya texnologiyalari, Fizika, Biofizika, Biofizika va radiobiologiya, Biofizika va agrometrologiya, Kimyo, Analitik va  fiziologik kimyo va Jismoniy tarbiya va sport.

 Hozirgi kunda kafedra ilmiy salohiyati 33.3 foizni tashkil qiladi. 2023-yilda 2 nafar professor-o’qituvchi falsafa doktorlik ilmiy ishi himoyasini muofaqiyatli himoya qilishdi. Kafedra o’qituvchilari tomonidan 2 ta darslik, 13 ta o’quv qo’llanma, 15 dan ortiq monografiya, 40 dan ortiq elektron mahsulotlarga guvohnoma (DGU) hamda kafedraga tegishli barcha fanlardan 40 yaqin ma’ruza matni va uslubiy qo’llanmalar chiqarilgan. Ilmiy faoliyat natijasida bir qancha scopus bazasida indekslanuvchi jurnalda, OAK bazadagi jurnallarda 50 dan ortiq, hamda xalqaro jurnallarda 60 dan ortiq maqolalar, konferensiyalarda 100 dan ortiq tezislar e’lon qilingan. Kafedrada 2023-yilda “Agrotexnologiyalar sohasini rivojlantirishda raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va kelajak istiqbollari” mavzusidagi Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.