Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish kafedrasi

Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish kafedrasi

Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish kafedrasi mudiri:

Ochilov Dilshod Muborakbekovich

 

Qabul vaqti:

Telefon: (+99894) 771-44-55

E-mail: dilshodochilov131@gmail.com

 

Kafedra haqida ma'lumot

“Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi "TIQXMMI" MTUning 2023-yil 4-sentabrdagi 0l/12-09-13-t 699-sonli xati hamda institut Kengashining 2023-yrl 4-sentabrdagi 2-sonli yig'ilish qaroriga asosan tashkil etilgan. Bugungi kunga qadar kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 200 dan ortiq ilmiy maqola, 8 ta monografiya, 2 ta darslik va 5 ta o‘quv qo‘llanma chop etilgan.

Kafedraning ishlab chiqarish korxonalari bilan integratsiyasi

Kafedraning viloyatdagi yirik ishlab chiqarish korxonalaridan “Uzbekistan GTL” “Shurtanneftgaz” MChJ, “Shurtangaz Kimyo majmuasi” MChJ, “Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Janubiy – g‘arbiy magistral elektr tarmoqlariga qarashli Qashqadaryo yuqori kuchlanishli tarmoq korxonalari bilan uzviy aloqalari o‘rnatilgan.

Yetakchi olimlar ishtirokida iqtidorli talabalar, magistrantlar va ilmiy izlanuvchilar uchun maqsadli kurslar va seminarlar (to‘garaklar) tashkil etilgan. Iqtidorli talabalar Respublika fan olimpiadasida faxrli o‘rinni egallab kelmoqdalar. Kafedra qoshida xo‘jalik shartnomalarini yuritish, chet el grantlarini olib borish va kafedra iqtidorli talabalari, magistrantlari, yosh olimlari va professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishlari uchun maxsus “Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi” tashkil etilgan.

      

“Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar

Ф.И.Ш. Лавозими Илмий даражаси
                        АСОСИЙ  ШТАТДА  
1 Очилов Дилшод Муборакбекович Кафедра мудири PhD
2 Пиримов Одил Жўраевич Профессор т.ф.д.
3 Шукурова Ойсара Пўлатовна  доцент PhD
4 Имомов Шуҳрат Боймаматович доцент PhD
5 Худайназаров Ўткир Аққўзиевич Катта. ўқтувчи  
6 Юнусов Обид Абдиваит ўғли ассистент  
7 Хайдаров Шохбоз Очил ўғли  ассистент  
8 Алиқулова Саодат Мухитдиновна ассистент  
9 Каров Ботир Хамроевич ассистент  
10 Бойназаров Рауф Немат ўғли ст.ўқитувчи  

 

O‘QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH

Kafedra faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida birinchi navbatda quyidagi masalalar hal etilishiga e’tibor qaratildi:

  • me’yoriy hujjatlar, jumladan Davlat ta’lim standartlari, namunaviy va ishchi o‘quv rejalar asosida fanlar bo‘yicha fan va ishchi dasturlarini ishlab chiqish;
  • professor-o‘qituvchilarga dars taqsimlashda fanlar sonini ikkitadan oshirmaslik;
  • o‘quv adabiyotlar bazasi hamda uslubiy ta’minoti tubdan yaxshilash;
  • kafedrada o‘tiladigan barcha fanlar bo‘yicha ma’lumotlarni https://hemis.tiiamekb.uz/ hamda https://moodle.tiiamekb.uz/ tizimlariga to‘liq joylashtiri borish;
  • kafedrada ta’lim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash maqsadida yuqori kurs talabalari uchun 5+1 ta’lim tizimini joriy etish;
  • ishlab chiqarish va malakaviy amaliyotlarni yuqori saviyada tashkil etish;
  • kafedra moddiy texnika bazasini yaxshilash maqsadida zamonaviy o‘quv va ilmiy innovatsion laboratoriya tashkil etish.

 

KAFEDRADAGI BAKALAVR VA SIRTQI TA’LIM YO‘NALISHLARI HAMDA MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI

  • BAKALAVR

60711400 – “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” 

60711600 – “Elektr energetikasi” ta’lim yo‘nalishi

  • MAGISTR

70711400 – “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” ta’lim yo‘nalishi

 

KAFEDRANING ILMIY-TADQIQOT ISHLARI BO‘YICHA ISTIQBOLLI ISH REJASI

   Ilmiy salohiyatni oshirish (PhD va DSc himoyalari)    

Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish

Davlat granti asosida ilmiy-tadqiqot loyihalarini bajarish(Fundamental, amaliy, va innovatsion loyihalar)

Xo‘jalik shartnomalari (Startap loyihalar bo‘yicha ishlanmalarni tijoratlashtirish)

Darslik,  o‘quv qo‘llanma, monografiyalar, Scopus va WOS maqolalarni chop etish

Xorijiy hamkorlikni rivojlantirish, Xalqaro konferensiyalartashkil etish (har 2 yilda bir marta)

Nufuzli Xalqaro va Respublika tanlovlar g‘oliblarini tayyorlash

  • Iqtidorli talabalar va magistrantlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va nomdor davlat stipendiyalari tanloviga tayyorlash va ishtirokini ta’minlash;
  • Kafedrada tuzilgan to‘garaklar ishlarini kuchaytirish