Yosh olimlar maktabi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli, 2019-yil 19-iyuldagi “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 606-sonli Qarorlariga muvofiq yosh olimlarni kasbiy va ilmiy-ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularga amaliy yordam ko‘rsatish, yosh olimlar manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida 2021-yilda institutda “Yosh olimlar maktabi” tashkil etilgan. “Yosh olimlar maktabi”ning 27 nafar yosh olimlardan iborat tarkibi shakllantirilgan.
2023-yilda institutda “Doktorantlar maktabi”ni shakllantirildi va faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Bugungi kunda institutda 17 nafar tayanch doktorant (PhD)lar, 1 nafar mustaqil izlanuvchi (PhD) va tadqiqotchi sifatida 46 nafar professor-o‘qituvchilar o‘zlarining doktorlik dissertasiyasi ustida ilmiy-tadqiqot faoliyati olib bormoqdalar.