Xodimlar bo‘limi boshlig‘i: Tursunov Feruz Yuldoshevich
Qabul vaqti: Seshanba 10:00 dan 14:00 gacha Payshanba 10:00 dan 14:00 gacha Telefon: (+99893) 900-07-05 E-mail: tursunovferuz6@gmail.com |
Bo‘lim haqida
Xodimlar bo‘limi 2019-yil 1-iyundan o‘z ish faoliyatini boshlagan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yilning 10-dekabridagi "Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-42-sonli qarori bilan "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo' jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali negizida Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti tashkil etildi.
Institut xodimlar bo‘limi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
- O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori, farmon va farmoyishlari, Oliy Majlisi qarorlari, Mehnat kodeksi, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlari, institut Xodimlar bo‘limi Nizomi va har yili institut direktori tomonidan tasdiqlangan Xodimlar bo‘limining yillik ish rejasiga muvofiq faoliyat yuritadi.
-
institut rahbariyati va bo‘lim boshliqlari bilan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ga muvofiq zamonaviy talablarga javob beruvchi kadrlar tayyorlash jarayoni uchun layoqatli, yuqori malakali, chuqur kasbiy bilimga ega, ilmiy yutuqlarga erishgan ijodiy-ilmiy salohiyatli, yuqori idrok va axloqli xodimlarni tanlash-saralash, ishga qabul qilish;
-
professor-o‘qituvchi, o‘quv-yordamchi va maʼmuriy-xo‘jalik xodimlarni mehnat shartnomasi asosida ishga qabul qilish, boshqa lavozimga o‘tkazish va ishdan ozod qilish to‘g‘risidagi hujjatlarni rasmiylashtiradi;
-
mehnat daftarchalarini saqlash, to‘ldirish, kadrlar bo‘yicha belgilangan hujjatlarni rasmiylashtirish;
-
taʼtilga chiqish grafiklarini tuzish va uning bajarilishini nazorat qilish;
-
mehnatga layoqatsizlik varaqalarini rasmiylashtirish va ro'yhatga olish;
-
rag‘batlantirish va mukofotlash bo‘yicha maʼlumotlarni hisobga olish;
-
xodimlarga nafaqa belgilash bo‘yicha hujjatlarni tayyorlash;
-
xizmat safarlarini rasmiylashtirish va xizmat safarlari bo‘yicha buyruqlarni tayyorlash;
-
institut xodimlari bo‘yicha maʼlumotlar bazasini shaklantirish va doimiy yangilab borish;
-
taʼlimning barcha shakllari bo‘yicha institut talabalarining shaxsiy hujjatlarini qabul qilish, yuritish va saqlash;
-
talabalar bo‘yicha buyruqlarni qayd etish va tekshirish (qabul qilinganligi, boshqa joyga o‘tkazilganligi, tiklanganligi, talabalar safidan chiqarilganligi, rag‘batlantirilganligi va boshqalar);
-
bitiruvchilar va talabalar safidan chiqarilgan talabalar shaxsiy hujjatlarini belgilangan tartibda yuritish va arxivga topshirish;
-
bitiruvchi talabalarga diplomlarni rasmiylashtirish, qayd etish va topshirish;