Prezidentimizning “Neft va gaz sohasida taʼlim-ishlab chiqarish klasterini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, “Uzbekistan GTL” zavodi uchun kadrlar tayyorlash dasturi doirasida beshinchi marotaba e’lon qilingan stipendiyalar dasturining g’oliblari aniqlandi
Respublikamiz boʻyicha oʻtkazilgan tanlovda yurtimiz oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan 3 mingdan ziyod yoshlar ishtirok etdi. Tanlov natijalariga koʻra 16 nafar talaba "Uzbekistan GTL" kompaniyasining 2023-2024 oʻquv yili uchun ajratiladigan stipendiya gʻolibi boʻldi
Taqdirlash marosimida “TIQXMMI” MTU ning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti direktor oʻrinbosari Quvvatov Dilshod Ashuraliyevich, Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish kafedrasi mudiri Xudoynazarov O’tkir Oqquziyevich va “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” taʼlim yoʻnalishi 3-bosqich talabasi Ulugʻmurodov Elshod Abdusalim oʻgʻli ishtirok etishdi
Tadbirda Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti direktor oʻrinbosari Quvvatov Dilshod Ashuraliyevich soʻzga chiqib Uzbekiston GTL jamoasi, professor-oʻqituvchilar va ota-onalarga oʻz minnatdorligini bildirdi
Stipendiya dasturida Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti “Chorvachilik va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish” fakulteti “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” taʼlim yoʻnalishi 3-bosqich talabasi Ulugʻmurodov Elshod Abdusalim oʻgʻli “Nazorat oʻlchov asboblari va avtomatika” yoʻnalishida eng yuqori reyting ball bilan gʻoliblar qatorida koʻrildi. Bu natija bilan Ulugʻmurodov Elshod Uzbekiston GTL stipendiyasi tarixida 3-kursda gʻolib deb topilgan ilk talabaga aylandi. Gʻoliblik bilan bir qatorda 2 haftalik ishlab chiqarish amaliyotini ham qoʻlga kiritdi
Shuningdek, ikkinchi bosqichda 50 balldan yuqori natija koʻrsatgan 242 nafar talabaga ham zavodda amaliyot oʻtash imkoniyati taqdim etildi. Ular ichida Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutining yana 2 nafar talabasi ham bor
Maʼlumot uchun, gʻoliblar 1 yil mobaynida har oy 1 000 000 soʻm miqdorida stipendiya va oliy taʼlim muassasasini tugatgandan soʻng doimiy ish bilan taʼminlanadi
Institut axborot xizmati