Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i

O’ktamov Abrorjon O’ktam o’g’li

 

Telefon: +998 94 527-15-00

E-mail: abroruktamov222@gmail.com 

A-Bino 221-xona

Bo'lim haqida

             1.1Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish” bo‘limi  “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxxasislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ-3151-sonli, 2017-yil 8-mayda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizmini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi  PQ-3207-sonli va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrda “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizmini innovatsiya va 42-sonli Qarorlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqib iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga keng jalb etish hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, A.Beruniy, A.Navoiy, Islom Karimov, Davlat stipendiyalar tanlovida ishtirok etishlarini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.

          1.2 Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot-faoliyatini tashkil etish bo’limi institutdagi iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga keng jalb etish hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, A.Beruniy, A.Navoiy, Islom Karimov, Davlat stipendiyalar tanlovida ishtirok etishlarini ta’minlash uchun ushbu faoliyat bilan muntazam shug’ullanuvchi bo’lim bo’lib, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha direktor o’rinbosariga bo’ysunadi.

          1.3  “Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish” bo‘limi o’z ishini O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorlari, Farmoyishlari, Vazirlar Maxkamasining Qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlari, institute direktori buyruqlari va mazkur Nizomdan kelib chiqqan holda institute Ilmiy ishlar va innovatsiyalar direktor o’rinbosari tasdiqlagan ish rejasi asosida faoliyat olib boradi.

          1.4  “Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish” bo‘limi o’z faoliyati bo’yicha institut direktori ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha direktor o’rinbosari hamda institut Kengashi oldida hisobot beradi.

  1.   Bo’limning maqsadi va vazifalari

          2.1 Bo’limning asosiy maqsadi va vazifalari:

  • - institut iqtidorli talabalarini ilmiy loyiha va grantlarga keng jalb etishni tashkil etish bo’limidir;
  • - iqtidorli talabalarni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi A.Beruniy, A.Navoiy, Islom Karimov, Davlat stipendiyalar tanlovida ishtirok etishlarini ta’minlash;
  • - kafedralar, fakultetda iqtidorli talabalar bilan olib borilayotgan ishlarni tashkil qilish, nazorat qilish va boshqarish;
  • - talabalarga o’z iqtidorini   ro’yobga chiqarishlari va rivojlantirishlari uchun ilmiy muhit va sharoit yaratish, bu ishga ilmiy maktablar va olimlar, professor  o’qituvchilarning faol ishtirokini ta'minlash;
  • - katedralarda olib borilayogan dolzarb, ilmiy-tadqiqot, ijodiy ishlarga talabalarni faol qatnashishini ta'minlash;
  • - "Eng yashi talaba ilmiy ishi" tanlovini tashkil gilish va o'tkazish;
  • - Iqtidorli talabalarni doimiy rag'batlantirib borish va Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan yosh olimlar stipendiyasi uchun o'tkaziladigan tanlovga yosh olimlarning nomzodlarini tavsiya etish;
  • -kasbiy tayyorgarlik bo'yicha ularning ijodiy, intellektual salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan faoliyatga keng ilmiy jamoatchilikni jalb qilish;
  • - talabalar ilmiy anjumanlari, seminarlari, ilmiy-tadqiqot ishlari tanlovlarini, davra suhbatlarini, fan olimpiadalarini va boshqa tadbirlarni tashkil qilish va o'tkazish va boshqalar.

2.2. Bo’lim quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • - ilmiy faoliyatga qiziqqan mustaqil fikrga ega, qobiliyatli, iqtidorli talabalarni dastlabki kurslardanoq tanlab olish va ularni salohiyatli professor-o’qituvchilarga biriktirish;
  • - iqtidorli talabalarni ilmiy va yaratuvchanlikka o'rgatish va maxsus stipendiyaga tavsiya etish;
  • - talabalar orasida yangi startaplar, tanlovlar uchun maqola tayyorlash hamda chop etishning muhim jihatlari bo’yicha talabalar ishtirokida ilmiy seminarlar tashkil etish;

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, A.Beruniy, A.Navoiy, Islom Karimov, Davlat stipendiyalar tanlovi ishtirokchilari uchun "O'zbekiston tarixi", "Axborot texnologiyalari" va "Chet tili" fanlaridan qo'shimcha darslarni tashkillashtirish;

institut bo yicha iqtidorli talabalarni aniqlash bo yicha monitoring o'tkazish, talabalar ilmiy jamiyatlari faoliyatini shakllantirish va muvofiqlashtirish;

iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va ularni "Iqtidorli talabalar" markazi qoshida birlashtirish;

  • - Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan yosh olimlar stipendiyasi uchun  o’tkaziladigan tanlovga 30-yoshgacha bo'lgan yosh olimlarning nomzodlarini tavsiya etish;
  • - iqtidorli talabalarni qobiliyati va qanday yo'nalishga moyilligiga maqsadli tayyorlashni tashkil etish;
  • - iqtidorli talabalar uchun chet tili, information tenologiyalar va Internetdan foydalanish bo'yicha maxsus mashg'ulotlarni tashkil etish;
  • - o'qishga gabul gilingan 1-kurs talabalari orasida iqtidorlilarini aniqlash magsadida monitoring o'tkazish;
  • - fakultet va kafedralarda tasdiqlangan "Talabalar ilmiy jamiyati" ish rejasini umumlashtirish;
  • - talabalar ilmiy jamiyati ilmiy rahbarlari va fakultet dekani tavsiyasi bilan iqtidorli talabalardan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyalari tanlovi ishtirokchilari guruhini shakllantirish;
  • - iqtidorli talabalar faoliyati bo'yicha ma'lumotlar bankini yaratish va doimiy ravishda yangilab borish;
  • - har chorakda fakultet kesimida talaba ilmiy jamiyati anjumanini o’tkazish "Eng yaxshi talaba ilmiy ishi" tanlovi g'olibini aniqlash va uni rag’batlantirish.
  1. Bo’limning tarkibi va uni boshqarish

 3.1. Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bo'limiga rahbarlik institut direktori tomonidan tayinlangan boshliq tomonidan olib boriladi. U bo’lim ishida qonun talablari bajarilishini va tartib-intizomni, shtatlar tarkibini yuqori darajali mutaxassislar bilan to’ldirishni, moliyaviy rejalar bajarilishini, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishini ta'milaydi.

3.2. Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limining tarkibi shtat jadvali, bo'lim boshlig'i Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo 'yicha direktor o rinbosari tavsiyasiga asosan institut direktori tomonidan tasdiqlanadi.

3.3. Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi xodimlarining lavozim yo’riqnomalari institut direktori tomonidan tasdiqlanadi.

3.4. Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limining xodimlarini ishga qabul qilish va ishdan bo'shatish amaldagi qonunlarga asosan amalga oshiriladi.

  1. Bo’limning mulki va moliyaviy faoliyati

 4.1. Bo'lim mablag'larini shakllantiruvchi manba bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

  • - davlat tomonidan ajratilgan mablag'lar;

4.2. Bo’lim mulki, uni tashkil qilgan vaqtdan boshlab shakllanadi hamda ushbu Nizomda va O'zbekiston Respublikasi Qonunlarida ko’rsatilgan tartibda institut mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi;

4.3. Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi mablag'larini sarflashning asosiy yo'nalishlari bo'lib quyidagilar hisoblanadi:

  • - iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limining maqsad va vazifalarini bajarilishini ta'minlash;
  • - shtatdagi xodimlar mehnatiga haq to’lash;
  • - talabalar orasida yangi startaplar, tanlovlar uchun maqola tayyorlash hamda  chop etishning muhim jihatlari bo’yicha talabalar ishtirokida ilmiy seminarlar tashkil etishga haq to’lash.
  1. Ish faoliyatini rejalashtirish

 5.1. Bo’limning ish faoliyatini rejalashtirish bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

  • - ilmiy-tadqiqot ishlariga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, O'zbekiston Respublikasi innovatsiya rivolantirish, O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar hamda O'zbekiston Respublikasi gishloq xo jaligi va O'zbekiston Respublikasi suv xo jaligi vazirliklari buyruqlari, Hay'at qarorlari, institut direktorining buyruqlari va farmoyishlari fan-texnika rivojining ustuvor yo'nalishlari bo’yicha davlat dasturi va vazirlik tavsiyalari; xalq xo’jaligi tarmoqlari tashkilot va korxonalarining tavsiyalari.
  1. Bo’lim xodimlarining huquq va majburiyatlari

 6.1. Bo'lim xodimlari o'z lavozimlariga yarasha huquq va majburiyatlarini o'z zimmasiga oladilar.

6.2. Bo'lim a'zolarining huquqlari:

  • - Nizomda ko'rsatilgan tartibda iqtidorli talabalarning ilmiy- tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi ishlarini boshqarishda qatnashish;
  • - bo'lim faoliyatiga tegishli bo’lgan har qanday masalalar bo'yicha zarur axborot olish, masalan, bo’limning buxgalteriya va boshga hujjatlari.

6.3. Bo’lim xodimlarining majburiyatlari:

  • - bo’lim Nizomi talablarini bajarish;
  • - ushbu Nizomdagi vazifalarni amalga oshirish uchun zarur bolgan va amaldagi gonunlarga zid bo'lmagan boshqa harakatlarni amalga oshirish;
  • - lavozim yo’riqnomasidagi vazifalarni bajarish.
  1. Nizomga o'zgartirish va qo’shimchalar kiritish tartibi

 7.1. Nizomga o’zgartirish va qo’shimchalar Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha direktor o'rinbosari va Xalqaro reyting faoliyatini monitoring qilish bo’limi boshlig'i yoki xodimlari taklifiga binoan institut direktori buyrug’iga asosan kiritiladi.

7.2. Bo’limning maqsad va vazifalariga tegishli o'zgartirish va qo’shimchalar kiritish hamda mutaxasislar tarkibini o’zgartirish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

  1. Bo’lim faoliyatini tugatish tartibi

 8.1. Bo’lim faoliyatini tugatish va qayta tashkil qilish O'zbekiston Respublikasi Qonunlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Bo’lim 2019-yil 4-sentabrdan “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti o’z faoliyatini boshlagan.

  • - Dastlabki yillarda Qo’ldosheva Maftuna 2021-2022-o’quv yillarida bo’lim boshlig’i lavozimida ishlagan.
  • - Qarov Botir Hamroyevich 2022-2023-o’quv yillarida shu lavozimda ish faoliyatini olib borgan.

Hozirgi vaqtda bo’lim boshlig’i lavozimida O’ktamov Abrorjon O’ktam o’g’li ishlab kelmoqda.