Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi

Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi

“Marketing va talabalar amaliyoti” bo‘limi boshlig‘i:

Hayitov Bobur Komilovich

 

Qabul vaqti:

Telefon: +998 97 315-71-13

E-mail: hayitov_bobur@mail.ru

A-Bino 106-xona

Bolim haqida

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-maydagi 437-sonli qarori bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filialini tashkil etildi. Filiali tarkibida “Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoringi” bo‘limi 2019-yil 4-sentabridan o‘z faoliyatini boshlagan.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yilning 10-dekabridagi “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-42-sonli qarori bilan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali” negizida Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti tashkil etildi

Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoringi bo’limi 2021 yilda bo‘lim nomi Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi deya qayta nomlandi.

“Marketing va talabalar amaliyoti” bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot tarmoqlarini malakali kadrlar bilan ta’minlash borasidagi qaror va farmonlari, amaldagi Mehnat Kodeksi, qonunchilik hamda ta’lim sohasidagi tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarga asoslanib ish ko‘radi.

Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limining maqsadi

Ta’lim xizmatlari bozorida “TIQXMMI” MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti faoliyat ko‘rsatishining aniq strategiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish uchun bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash va ularni ishga taqsimlash jarayonini iste’molchilar (ish beruvchilar) tomonidan bo‘lg‘usi mutaxassis shaxsiga qo‘yilgan talablarni bajarishga yo‘naltirish hamda bu jarayonga rahbarlik qilish, reklama-axborotni rejalashtirish va uni olg‘a siljitish rag‘batini ta’minlash, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashtirishni amalga oshirish hamda ta’lim xizmatlari ko‘rsatishga o‘z vaqtida tayyorgarlik ko‘rish, hamkorlik shartnomalar tuzishni tashkil qilish hamda nazoratga olishdan iborat.

Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limining faoliyatini tashkil etish, boshqarish va nazoratga olish

  1. «Marketing va talabalar amaliyoti» bo‘limining faoliyati TIQXMMI” MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti direktori tasarrufida bo‘ladi.
  2. «Marketing va talabalar amaliyoti» bo‘limi o‘z faoliyati natijalari bo‘yicha TIQXMMI” MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti Ilmiy Kengashida har joriy yilda kamida bir marta hisobot beradi.
  3. «Marketing va talabalar amaliyoti» bo‘limi o‘ziga yuklatilgan vazifalar ijrosi bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni belgilangan shakl va muddatlarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etadi.
  4. «Marketing va talabalar amaliyoti» bo‘limi faoliyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi va o‘rnatilgan tartibda nazoratga olinadi.

KARYERA MARKAZI

“Karyera markazi”ning maqsadi va vazifasi

Talabalarni raqobatdosh xodim bo‘lishiga va ularni o‘z sohasi bo‘yicha malakaviy ko‘nikmalarni oshirishga ko‘maklashish;

Iqtisodiyot tarmoqlari uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish va ularga ish topishda ko‘maklashish;

Korxona, tashkilot va muassasalar ishtirokida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasini tashkil etish;

Talabalarni kasbiy faoliyatiga qiziqishini kuchaytiruvchi tadbirlarni amalga oshirish;

Bitiruvchilar bilan Oliy ta’lim muassasasini muqaddam tamomlagan bitiruvchilarning hozirgi mehnat faoliyatlari (karyerasi) to‘g‘risida suhbatlar o‘tkazish.

Ish beruvchilar

Korxona, tashkilot va muassasalar bilan institut o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish;

Korxona, tashkilot va muassasalarning yangi xodimlarga bo‘lgan talablari to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini yaratish;

Talabalar uchun korxona, tashkilot va muassasalar bilan uchrashuvlar tashkil etib borish;

Bitiruvchi talabalar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish amaliyotini tashkil etish;

Ish beruvchilar soha mutaxassislarini tajriba almashish maqsadida suhbatlar, seminarlar, ma’ruzalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish;

Ish beruvchilar Karyera kuni ko‘rgazmalarida faol ishtirok etishi;

Bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi axborotlarni institut elektron pochta manziliga yuborib turish.

Talabalar

Mehnat bozorida sohaga mos vakansiya izlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

Ishga kirish uchun rezyumelar tayyorlash;

Ish beruvchi bilan suhbatdan o‘tishi.

Tadbirlar

Karyera kuni yarmarkasi;

Ish beruvchi va talabalar bilan uchrashuvlar o‘tkazish;

Oliy ta’lim muassasasini muqaddam tamomlagan bitiruvchilar va talabalar bilan suhbatlar o‘tkazish.

Kasbga yo‘naltirish

Rezyume (ma’lumotnoma) tayyorlash;

Suhbat;

Taqdimotlar.

Onlayn manbalar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimi bilan hamkorlikda soha bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlarini elektron bazasini yaratib institutning ish e’lonlari bo‘yicha vebportalida yoritish;

Elektron baza har oyda yangilanib borilishi va unga yangi bo‘sh ish o‘rinlarini kiritib borish;

Korxona, tashkilot va muassasalarning kadrlarga bo‘lgan talablari bazasini yaratish;

Ish portalida talabalarning tarjimai hollarini joylashtirish;

Bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi axborotlarni bitiruvchilarning elektron pochta manzillariga yuborib turish.