Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nzorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig’i: Nishonov Narzulla
Qabul vaqti: Tel: +998 91 322-83-27 e-mail: nishonov.narzulla@mail.ru A-Bino 220-xona |
Bo’lim haqida
Bo’lim 2022 yil 5 mayda ”TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instityti direktorining bo’yrug’i asosida tashkil etilgan. Bo’limga N. Nishonov rahbarlik qilmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo’limi o’z faoliyatini:
- O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va Qonunlariga
- O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qarorlariga
- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari va Farmoyishlariga
- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va Farmoyishlariga
- Vazirlik buyruqlariga va Hay’ati qarorlariga, Institutning ichki buyruqlari, shuningdek boshqa qonun xujjatlari va Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo’limi Nizomiga asosan olib boradi.
Bo’lim Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institytining tarkibiy bo’linmasi hisoblanadi.
Bo’limning faoliyati oliy ta’lim muassasasida “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini olib borishga yo’naltirilgan bo’lib, o’z vakolatlari doirasida bevosita Institut direktoriga bo’ysunadi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi (keyingi o’rinlarda - vazirlik)ning Komplayens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo’limiga hisobot beradi. Bo’lim o’z faoliyatini oliy ta’lim muassasasining boshqa bo’linmalari bilan o’zaro xamkorlikda amalga oshiradi.
Bo’limning asosiy vazifalari:
- Institutda korrupsiyaga oid xuquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish;
- Oliy ta’lim tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini oliy ta’lim muassasasi miqyosida amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash;
- Institutda korrupsiyaga qarshi kurash “Komplayens nazorat” tizimini joriy etish va uni amalga oshirish;
- Institutda korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo’lgan yo’nalishlar hamda korrupsiyaga oid xuquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash;
- Institutda korrupsiya ko’rinishlari nomoyon bo’lishiga olib keladigan tizimli muammolar va ularni bartaraf etish bo’yicha tegishli takliflarni kiritgan holda axborot berib borish;
- oliy ta’lim muassasasida korrupsiyaga qarshi kurashishga yo’naltirilgan jamoatchilik nazoratini muvofiqlashtirib borish, shuningdek zamonaviy usullar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida korrupsiyaga qarshi monitoring olib borish;
- korrupsiyaga qarshi kurashish va jamoat nazorati sohasida umum e’tirof etilgan xalqaro standartlar va xorijning ijobiy tajribasini o’rganish hamda ilg’or jixatlarni tatbiq etish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;
- Institutda korrupsiyaning holati, tendensiyalari va sabablari hamda korrupsiyaga qarshi choralar ko’rishning samaradorligi yuzasidan sotsiologik, ilmiy va boshqa tadqiqotlarni tashkil etish va takliflar ishlab chiqish.
- Institut faoliyatida korrupsiyaviy holatlarni aniqlash maqsadida professor-o’qituvchilar, boshqaruv, texnik, xizmat ko’rsatuvchi, o’quv-yordamchi xodimlar, talabalar (magistrantlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar) o’rtasida so’rovlar o’tkazadi, so’rovlar, ijtimoiy va boshqa tadqiqotlar asosida korrupsiyaga qarshi kurashish targ’iboti bo’yicha chora-tadbirlar natijalari va ta’sirini muntazam ravishda baholab boradi hamda keyingi chora-tadbirlarni belgilashda baholash natijalaridan foydalanadi;
- Bo’lim tuzilmasi Bo’lim boshlig’i va bosh mutaxassisni o’z ichiga oladi.
Bo’limga boshliq rahbarlik qiladi. Bo’lim faoliyati mustaqilligini ta’minlash maqsadida bo’lim boshlig’io’z faoliyatida bevosita Institut direktoriga va bo’lim bosh mutaxassisi bo’lim boshlig’iga bo’ysunadi.