Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktor birinchi o‘rinbosari: Pirimov Odil Jo‘rayevichTexnika fanlari doktori, dotsent
Qabul vaqti: Juma 9:00 dan 16:00 gacha Telefon: +998 97 720-29-56 E-mail: pirimovo@mail.ru |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2021 yil 9 sentyabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi № 563-sonli qarori asosida 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab talabalar bilan ishlash bo‘yicha “guruh murabbiyi” instituti bekor qilindi va talabalarning ma’naviy va ijtimoiy holatini doimiy ravishda tahlil qilib boruvchi, mavjud muammolarni bartaraf etishda yaqindan yordam ko‘rsatuvchi tyutorlarni biriktirish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 30 sentyabrdagi “Oliy ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish chora tadbirlari to‘g‘risi”dagi 412-sonli buyrugi asosida tyutorlarning lavozim vazifalari
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy – ma’rifiy ishlarni har bir talabalar bilan olib borishga doir choralar to‘g‘risi”dagi 539-sonli buyrug‘i asosida talabalarning yashash manzillari bo‘yicha ma’lumotlarni umumlashtirish, ularning turmush sharoiti va sog‘ligidan xabar olish va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini (HEMIS) shakllantirish bo‘yicha vazifalar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tugrisida”gi PQ-92 sonli qaroriga asosan har bir shahar, qishloq, ovul va shaharlardagi mahallada yoshlar etakchisi lavozimi joriy etildi, “Yoshlar balansi” ni shakllantirish, “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalarini yuritish bo‘yicha anik vazifalar belgilab berildi.
Yuqorida keltirilgan qaror va buyruqlar asosida "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor birinchi o‘rinbosari lavozimi ta’sis etildi, shu bilan birga 1-3 kurs talabalari uchun 12 nafar tyutorlar faoliyat olib boradilar.
Tyutorlar faoliyati, ularning reja asosida olib borayotgan ishlari xar chorakda hisobot shaklida “Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi“ga topshiriladi va natijalar Respublika Ma’naviyat markaziga elektron shaklda taqdim etiladi.
Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktor birinchi o‘rinbosarining lavozim vazifalari
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari va Farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
davlat ta’lim standartlari va malaka talablariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va bo‘limlar, kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilarning to‘liq bilishini ta’minlash;
o‘quv-tarbiya, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlariga oid masalalar bo‘yicha institut ilmiy Kengashi qarorlari, rektor buyruqlari va farmoyishlarini bajarilishini tashkil etish;
ilg‘or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunda ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirilishini ta’minlash;
talabalar va ota-onalar qabulxonalarini tashkil etish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga, vazirliklar va institut rektorining virtual qabulxonalari hamda talabalar va ota-onalar qabulxonalariga tushgan murojaatlarni Ishchi guruh a’zolari bilan o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish, murojjatlarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan lavozim vazifalariga mas’uliyatsizlik bilan qaragan mansabdor shaxslarga intizomiy choralar ko‘rish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
ta’lim-tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy sohaga oid vaqtli matbuotda chop etilgan qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari mazmuni bilan institut professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalarini muntazam ravishda tanishtirib borish;
huquqiy tarbiyani amalga oshirish va huquqbuzarliklarni oldini olish, korrupsiogen harakatlar profilaktikasi va unga qarshi kurashish borasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish;
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan “Oliy ta’lim muassasalarining odob-axloq qoidalari” bo‘yicha professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar o‘rtasida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirib borish;
qoidalarga rioya qilish holati bo‘yicha monitoring olib borish, uning natijalarini muhokama etib, zarur tavsiyalar ishlab chiqish hamda intizomiy choralar ko‘rib borish;
ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha - talabalar muammolarini o‘z vaqtida qayd qilish va hal qilishga qaratilgan “Ochiq eshiklar kuni”ni tashkil etish, “Taklif va mulohazalar qutisi”da bildirilgan muammolarni o‘rganib borish, “Yoshlar va ta’lim” ta’lim jarayonlarining darajasi va sifati haqida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish, so‘rov natijalarini institut va fakultet Ilmiy Kengashida muhokoma qilish asosida tegishli chora – tadbirlar belgilab borish;
“Mard o‘g‘lon”, “Nihol” mukofoti, “Zulfiya” mukofoti, “Yoshlar ittifoqi ta’lim grantlari” va boshqa turli tanlov, musobaqalar (badiiy, san’at, ijodiy, sport)da talabalar ishtirokini ta’minlash va ularda sovrindor bo‘lgan talabalar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda ularni ma’naviy – ma’rifiy ishlarga faol jalb etish tadbirlarini amalga oshirish;
Talaba-yoshlar o‘rtasida tashkil o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni O‘zbekiston Respublikasi 5 muhim tashabbusi asosida tashkil etish;
ma’naviy – ma’rifiy yo‘nalishda ilmiy – tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘yicha:
olimlar va ilmiy – tadqiqotchilarni ma’naviy – ma’rifiy ishlar jarayoniga ilmiy – amaliy jihatdan jalb etish;
barkamol shaxsni tarbiyalashga qaratilgan tadqiqot ishlari natijalarini tarbiya jarayoniga joriy etib borish;
ma’naviy-ma’rifiy ishlarning dolzarb masalalariga bag‘ishlab, mavzularga tegishli taniqli san’at arboblarini, tashkilotlar xodimlarini taklif qilgan holda ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazish hamda ilmiy jurnal va gazetalarda maqolalarni e’lon qilib borish;
vazirlikka institutning o‘quv yili uchun mo‘ljallab tuzilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasida va boshqa sohada amalga oshirilgan ma’lumotini o‘z vaqtida berib borish;
vazirlikning me’yoriy ko‘rsatmalari asosida, ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlari tizimi uchun zarur hujjatlarni ishlab chiqish;
axborot-resurs markazi, talabalar turar joylarini ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy masalalariga oid adabiyotlar bilan ta’minlash;
talabalar turar joylarida yashash sharoitini muntazam ravishda yaxshilash, fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, o‘quv guruhlari murabbiylari va professor-o‘qituvchilarni talabalar turar joylarida va ijarada yashovchi talabalar bilan ishlashni tizimli tashkil etish;
talabalarning ota-onalari, mahalliy hokimiyatlar, hayriya jamg‘armalari, mahallalar bilan fakultetlar va kafedralar hamkorlikda olib boriladigan ishlarni tashkil etish va nazorat qilish;
madaniy-maishiy hordiq chiqarish tizimlarining uzluksiz sifatli ishlashini ta’minlash masalalarini tashkil etish va nazorat qilish;
mamlakat hayotiga va xalqaro hayotga oid hamda institutda ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tashkil etish va nazorat qilish;
talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni tashqil etish, sport, madaniy havaskorlik to‘garaklarini tashkil etish;
sport-sog‘lomlashtirish, maishiy xizmat, ovqatlanish, dam olish, madaniy hordiq chiqarish tizimlarini uzluksiz va sifatli ishlashini ta’minlash;
respublika, shahar va tuman miqiyosida bo‘ladigan turli jamoat ishlarida (sport musobaqalari, dam olish sayillari, festivallar, konsertlar, taniqli davlat arboblari, yozuvchilar, shoirlar, olimlar bilan qiziqarli uchrashuvlar, ko‘rik-tanlov konkurslari, tarixiy madaniy yodgorliklarni ziyorat qilish, shanbaliklar va boshqa tadbirlarda) professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar ishtirokini ta’minlash;
o‘rnatilgan tartibda institutning yillik reytingini aniqlash, tanqidiy tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshirish;
institutni o‘rnatilgan tartibda doimiy ichki attestatsiyadan o‘tkazish, tashqi attestatsiya-akkreditatsiyaga tayyorlash va o‘tkazishda faol ishtirok etish.
tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar kiritish;
ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan chora ko‘rish, ular bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha takliflar berish;
amaldagi qonunchilik asosida boshqa vazifalarni bajarish.
Bilishi kerak:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi hamda Vazirlik buyruqlarini, Oliy taʼlim muassasasida o‘quv, ilmiy, moliyaviy va tarbiya jarayonini belgilangan normativ hujjatlarni bilishi.