YASHIL MAKON

YASHIL MAKON

YASHIL MAKON

         “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining  Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida “Yashil makon” umummilliy loyihasi kuzgi mavsumiga start berildi. Joriy yilning 25-oktabr kuni  institut hovlisida 350 tup daraxt ko’chatlari o’tqazildi. Shundan 200 tup pavloniya, 100 tup olma, 50 tup bodom daraxtlari ekildi. "Yashil makon" loyihasida institutimizning barcha professor-oʼqituvchi, xodimlari faol ishtirok etishdi

 

        Eslatib o‘tamiz, “Yashil makon” loyihasi 2021-yilda Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan edi. Bunda har yili 200 mln daraxt va buta ekish va shaharlardagi yashil maydonlar ko‘lamini oshirish maqsadi ko’zda tutilgan

INSTITUT AXBOROT XIZMATI