Gidrotexnika inshootlari va nasos stantsiyalari kafedrasi

Gidrotexnika inshootlari va nasos stantsiyalari kafedrasi

Gidrotexnika inshootlati va nasos stansiyalari kafedrasi

Suyunov Abdug‘ani Shavkat o‘g‘li

 

Qabul vaqti: 

Telefon: (+99899) 581 17 27

E-mail: suyunovsha@mail.ru

Kafedra haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.12.2021 yildagi PQ-42-sonli qarori bilan Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutini tashkil etilgach, “Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalari” kafedrasi Gidromelioratsiya fakulteti tarkibidagi mutaxassis tayyorlovchi asosiy kafedralardan biri sifatida institut rektorining 103k sonli buyrug‘iga asosan 2022 yil 5-sentabr kuni tashkil topgan.

 Kafedra mutaxassis chiqaruvchi kafedra sifatida quyidagi bakalavr yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlab kelmoqda:

ta’lim yo‘nalishlari

  1. 60730900-Gidrotexnika qurilishi (suv xo‘jaligida)
  2. 60812500–Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish ta’lim yo‘nalishi
  3. 60710600-Gidroenegetika
  4. 60730600-Gidrotexnika va geotexnika muhandisligi

magistratura mutaxassisligi

  1. 70812502-Nasos stansiyalari va qurilmalaridan foydalanish va tashxisi
  2. 70730601-Gidrotexnika inshootlari

Ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bo‘yicha “Gidrotexnika inshootlarida innovatsion va raqamli texnologiyalarni joriy etishni ilmiy asoslash” bosh ilmiy mavzusi etib belgilangan. Hozirgi kunda bosh ilmiy tadqiqot mavzu doirasida ilmiy ishlar, hamkorlik shartnomali olib borilnoqda.

O‘zaro hamkorligi

Kafedra Sankt-Peterburg Politexnika universiteti, Belarus davlat agrartexnologiyalar universiteti, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti, Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti, Toshkent arxitektura va qurilish instituti, Samarqand arxitektura va qurilish instituti, Irrigatsiya suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti, Amu-Surxondaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi, Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi va huzuridagi tashkilotlar, Qashqadaryo viloyati Suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi, Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi bilan hamkorlikda ishlar olib bormoqda.

Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi

Kafedrada ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan tadqiqotchilar doktorlik va magistrlik dissertatsiyalarini bajarish, talabalar amaliyotlarini sifatli o‘tkazish bo‘yicha respublikamiz viloyatlaridagi yetakchi ishlab chiqarish korxonalari: Irrigatsiya tizimi havza boshqarmalari, Suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi, Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi, “Surxondaryosuvqurilishinvest” DM, “Qashqadaryosuvqurilishinvest” DM va loyiha tashkilotlari bilan doimiy aloqalar o‘rnatilgan.