Yer resurslarini boshqarish kafedrasi mudiri: Urinov Jamol Chorshanbiyevich
Qabul vaqti: Telefon: +998 97 203-51-11 E-mail: jamolurinov1987@gmail |
Kafedra haqida maʼlumot
Kafedra “Chorvachilik va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti tarkibida bo‘lib, 2022 yilda oldingi “Umumtexnik fanlar” kafedrasi tarkibidan 2022 - yil 27-maydagi institut rektorining buyrug’iga asosan ajralib chiqib, yangi “Yer resurslari, kadastr va geoinformatika” kafedrasi tashkil etildi. Institut rektorining 2023-yil 4-sentabtdagi 0l/l2-09-13-t 699-sonli xati hamda institut Kengashining 2023-yil 4-sentabrdagi 2-sonli yig'ilish qaroriga asosan “Yer resurslari, kadastr va geoinformatika” kafedrasidan yangi “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi ajralib chiqdi va kafedraning nomi bugungi kunda “Yer resurslarini boshqarish” nomi bilan tashkil etildi va institut rektorining 2024- yil 23- fevraldagi № 47 A/F – sonli buyrug’iga asosan yana bir “Iqtisodiyot” kafedrasi ajralib chiqdi. Hozirda “Yer resurslarini boshqarish” kafedrasi fakultetning asosiy ixtisoslashgan kafedralaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda kafedra mudiri vazifasini vaqtincha bajaruvchi Urinov J. faoliyat olib bormoqda.
KAFEDRADAGI BAKALAVR VA SIRTQI TA’LIM YO‘NALISHLARI HAMDA MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI MAVJUD
Yer resurslarini boshqarish kafedrasida 2 ta bakalavr va 1 ta magistratura yo‘nalishlari bor. Yer resurslarini boshqarish kafedrasida 27 ta fandan dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda. Bugungi kunda kafedrada 3 ta dotsent, 1 ta katta o‘qituvchi, 6 ta assissent va 7 ta stajor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda.
Kafedra jamoasi o‘zining diqqat e’tiborini yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bilan bir qatorda respublikamizda amalga oshirilayotgan agrar islohotlarning asosi hisoblangan yer maydonlaridan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish, yer kadastri, yer resurslarini boshqarish, shuningdek talabalar o‘rtasida yuksak darajada ma’naviy-ma’rifiy ishlarni bajarishga qaratgan. Kafedra respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlarining turdosh kafedralari, shuningdek ishlab-chiqarish hamda ilmiy-loyihalash tashkilotlari bilan aloqalari mustahkamlanmoqda. Jumladan, kafedrada “Yosh loyihachilar” ilmiy toʻgaragi faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Toʻgarakda 10 nafar iqtidorli talabalar faoliyat yuritadi.
HAMKORLIK
Bugungi kunda kafedra tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining Qashqadryo viloyati mintaqaviy bo‘linmasi bilan toʻgʻridan toʻgʻri ishlab chiqarish amaliyoti, talabalarning darsdan keyingi boʻsh vaqtlarini ishlab chiqarishga bogʻlash, doirasida amaliy mashgʻullotlarni tashkil etish hamda bitiruv oldi amaliyotini tashkil etish boʻyicha ikki tomonlama shartnomalar rasmiylashtirilgan.
KAFEDRANING ILMIY-TADQIQOT ISHLARI BO‘YICHA ISTIQBOLLI ISH REJASI
- Ilmiy salohiyatni oshirish (PhD va DSc himoyalari);
- Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish;
- Davlat granti asosida ilmiy-tadqiqot loyihalarini bajarish (Fundamental, amaliy, va innovatsion loyihalar bajarish);
- Xo‘jalik shartnomalari (StartUp loyihalar bo‘yicha ishlanmalarni tijoratlashtirish);
- Darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiyalar, Scopus va WOS bazalariga kiruvchi jurnallarda ilmiy maqolalarni chop etish;
- Xorijiy hamkorlikni rivojlantirish, Xalqaro konferensiyalar va o‘zaro masofaviy darslarni tashkil etish (har 2 yilda bir marta);
- Talabalar orasidan nufuzli Xalqaro va Respublika tanlovlar g‘oliblarini tayyorlash;
- Iqtidorli talabalar va magistrantlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va nomdor davlat stipendiyalari tanloviga tayyorlash va ishtirokini ta’minlash.