ILMIY MARKAZLAR
Institutda ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish maqsadida Qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti hamda Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti bilan о‘zaro hamkorlikda tadqiqot natijalariga asoslangan holda dala tajribalarini tashkil etish, ilmiy-tadqiqot natijalaridan foydalanish va aprobatsiya qilish, fan-ta’lim-ishlab chiqarish integratsiyasini yо‘lga qо‘yish uchun “Irrigatsiya va melioratsiya” hamda “Umumtexnik fanlar” kafedralari huzurida institut direktorining 2021-yil 7-avgustdagi №257 A/f-sonli buyrug‘i asosida “Qishloq va suv xо‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalar” nomli ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilgan.
Institut direktorining 2021-yil 15-noyabrdagi №349 A/f-sonli buyrug‘i asosida talaba-yoshlarning startap-loyihalarni qо‘llab-quvvatlash maqsadida “IT Markaz” nomli Inkubatsiya markazi tashkil etilgan.
Institut direktorining 2022-yil 8-avgustdagi №224 A/f-sonli buyrug‘i asosida ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirishga yо‘naltirilgan “Qishloq va suv xо‘jaligi hamda yer resurslari sohalarida innovatsion qurilmalar” nomli biznes inkubator tashkil etilgan.
Institut direktorining 2022-yil 8-avgustdagi №176 A/f-sonli buyrug‘i asosida har yili Qashqadaryo viloyatining Nishon va G‘uzor tumanlari xududlarida mahalliy sharoitda yaxshi hosil beradigan paxta navlarini tahlil qilish, ularning super elita va elita urug‘larini kо‘paytirish bо‘yicha, tuproq unumdorligi, uning kimyoviy va biologik xususiyatlarining ilmiy tahlili asosida hududlarda qо‘llanilishi mumkin bо‘lgan kimyoviy va organik о‘g‘itlar bо‘yicha tavsiyalar berish maqsadida “Paxtachilik” ilmiy markazi tashkil etilgan.
2023-yilda О‘zbekiston Respublikasi Suv xо‘jaligi vazirligi, “Agrobank” ATB, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti va “TIQXMMI” MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti bilan о‘zaro hamkorlikda suv tejovchi texnologiyalarning afzalliklari va turlari bо‘yicha suv xо‘jaligi xodimlari va fermer xо‘jaliklari rahbarlarining bilim va kо‘nikmalarini oshirish maqsadida “Suvchilar maktabi” tashkil qilingan.
Institut direktorining 2023-yil 13-dekabrdagi №268 A/f-sonli buyrug‘i asosida Qashqadaryo viloyati qishloq xо‘jaligi korxonalari, dehqon xо‘jaliklari va aholi tomorqa agromaslahatlar va xizmatlarga bо‘lgan talablarni qondirishda talaba-yoshlar, magistrlar va tayanch doktorantlar imkoniyatlaridan foydalanish hamda ularning kasbiy malakalarini oshirish maqsadida “Servis guruhlari” tashkil etildi.
2024-yilda institutda suv tejamkor sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bо‘yicha kо‘rsatma va maslahat berish hamda servis xizmat kо‘rsatuvchi “Smart whater” MCHJ, Avstriyaning “Rubikon” kompaniyasining suv о‘tkazgichlarini modelini tayyorlash innovatsion korxonasini tashkil etish rejalashtirilgan.
H.A.Ravshanov