Ilmiy tadqiqotlar innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi

Ilmiy tadqiqotlar innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi

   Bo'lim boshlig'i

   Kiyomov Dilshod Xolmurodovich

 

  Tel: +99891 644 57 78

  Email: qiyomov80@bk.ru.

  A-Bino 313-xona

Bo‘lim haqida

           2023-yil mart oyida institutda ilmiy ishlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi tashkil etildi.

Bo‘limga institut rektorining 2023-yil 1-maydagi №49k-sonli buyrug‘iga asosan Mardonov Sherzod  Halilovich bo‘lim boshlig‘i vazifasiga tayinlandi. 2023-yil avgust oyiga kelib institut rektorining 12-avgustdagi №46k-sonli buyrug‘i bilan Kiyomov Dilshod Xolmurodovich bo‘lim boshlig‘i vazifasiga tayinlandi. Bo‘limda xozirgi kunda 2 ta shtat birlik (bo‘lim boshlig‘i va 1 toifali muhandis) mavjud.

          Bo‘limning tashkil etilishi, asosan institutda Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Bo‘lim sifatida shakllanishida institut rahbariyati hamda yetuk olimlari va mutaxassislarning hissalari beqiyosdir. Ularning sayi - harakatlari bilan bo‘lim ilmiy tadqiqot ishlari, innovatsion ishlanmalarni yaratish  hamda ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlab kelinmoqda.

Bo‘limning asosiy faoliyati

Fan, ta’lim va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash orqali manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda fundamental, amaliy va innovatsiya loyihalari bo‘yicha tadqiqotlar olib borish hamda ularning natijalarini amaliyotga joriy etish, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ilmiy-texnik vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan amaliy va innovatsion izlanishlarni amalga oshirishda mavjud institut salohiyatidan samarali foydalanishni tashkil etishdan iborat. Bundan tashqari, bo‘lim moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ilmiy va ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish, yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda ilm-fan yutuqlaridan keng foydalanish bo‘yicha tashkil etishni o‘z ichiga oladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017-yil        22-maydagi 304-sonli qarori qabul qilindi.

Institutda talabgorlar 2 ta ixtisoslik bo‘yicha 17 ta tayanch doktorantura hamda 1 mustaqil izlanuvchilik shaklida tadqiqotlar olib bormoqdalar.

Jumladan:

           06.01.02- Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik ixtisosligi bo‘yicha 5 nafar      1-kurs tayanch doktorant, 4 nafar 2-kurs tayanch doktorant va 1 nafar 1-kurs mustaqil izlanuvchilar mavjud.

          05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari, qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash ixtisosligi bo‘yicha 5 nafar 1-kurs tayanch doktorant, 3 nafar 2-kurs tayanch doktorantlar mаvjud.

 

ILMIY TADQIQOTLAR, INNOVATSIYALAR VA ILMIY PEDAGOGIK KADRLAR TAYYORLASH BO‘LIMI BOSHLIG‘INING LAVOZIM VAZIFALARI:

  • Bo‘lim faoliyati va xodimlar mexnatini tashkil qilish;
  • Bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
  • O‘zbekiston Respublikasining ta’lim va sog‘liqni saqlashga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, rektor buyruqlari ijrosini ta’minlash;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini klinik ordinatorlarga yetkazib borish;
  • Institut bilan korxona, tashkilot, xususiy korxona va firmalar o‘rtasida yo‘nalish bo‘yicha manfaatli hamkorlik shartnomalarini tuzish bo‘yicha rektorga takliflar kiritish;
  • Institutda amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari to‘g‘risida belgilangan tartibda xisobot tayyorlash xamda rektor imzosi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligiga taqdim etish;
  • Institut professor- o‘qituvchilari tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari natijasida monografiyalar, darsliklar, o‘quv, ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar va boshqa adabiyotlarni zamon talablari darajasida yaratish samaradorligini oshirish ishlarini tashkil qilish;
  • Klinik ordinaturaga Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan kvota bo‘yicha qabul qilingan klinik ordinatorlarning shaxsiy yig‘ma jildini rasmiylashtirilishini nazorat qilish;
  • Klinik ordinatorlarning o‘quv jarayonlarini shakllantirish, dars jadvallarini tuzilishini nazorat qilish;
  • Klinik ordinatorlarning o‘rtasida ma’naviy, ma’rifiy va madaniy tadbirlarni tasdiqlangan reja asosida amalga oshirilishini nazorat qilish;
  • Katta ilmiy xodim va mustaqil izlanuvchilar tarkibiga talabgorlardan xujjatlarni belgilangan tartibda kabul kilinishini tashkil qilish va ulardan kirish imtixonlarini o‘tkazilishini shakllantirish.
  • Katta ilmiy xodim va mustaqil izlanuvchilarning dissertatsiya mavzularini Kengash yigilishlarida tasdiqlash uchun kiritishni amalga oshirish.
  • Katta ilmiy xodim va mustaqil izlanuvchilarning nomzodlik minimum imtixonlarini topshirishini tashkil qilish.
  • Katta ilmiy xodim va mustaqil izlanuvchilarga yarim yillik va yillik attestatsiyalarini o‘tkazilishini tashkil qilish.
  • Yosh olimlar kengashi ishlarini muvofiqlashtirib borish;
  • Institut rektori va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish.
  • Axborot kommunikatsiya texnologiyalarni puxta bilish;
  • Institut ichki tartib qoidalari, odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya qilish.