Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash,nazorat va monitoring bo'limi

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash,nazorat va monitoring bo'limi

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i

Sag‘diyev Jasurbek Abduahatovich

 

Tel: +99890-720-96-61

Email: jsagdiyev@mail.ru

A-Bino 215-xona

Bo'lim haqida ma'lumot

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-maydagi 437-sonli qarori bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filialini tashkil etildi. Filiali tarkibida “Monitoring va ichki nazorat” bo‘limi 2019-yil 4-sentabridan o‘z faoliyatini boshlagan. Bo‘limga 2019-2020-yillarda I.Ne’matov; 2021-yil yanvar oyidan J.Sagdiyev rahbarlik qilmoqda.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yilning 10-dekabridagi “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-42-sonli qarori bilan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali” negizida Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti tashkil etildi hamda institut tuzilmasiga kora 2022-yil 5-maydan “Monitoring va ichki nazorat bo’limi nomi “Jismoniy va yuridik shaxlarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring” bolimi etib qayta nomlandi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi o‘z faoliyatini:

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-sonli qarori;

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqdash haqida”gi 140-sonli qarori;

- Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, ularning tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish hamda ijro intizomining ahvoli monitoringini olib borish Tartibi (O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan 2009-yil 28-avgustda 11-10-son bilan tasdiqlangan);

- O’zDSt 1157-2008, USD SORD Hujjatlarni rasmiylashtirishga bo‘lgan talablarga muvofiq tuzilgan bo‘lib, Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida ish yuritish va hujjatlar bilan ishlash hamda ularning bajarilishi ustidan nazoratni tashkil qilish hamda bo‘limning Nizomiga qat’iy amal qilgan holda olib boradi.

“Jismoniy va yuridik shaxlarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring” bo‘limi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi, o‘quv-ta’lim jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyruq va Hay’at qarorlarining bajarilishi, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida qo‘yilgan masalalar hamda institut Kengashining qarorlari, institut direktorining buyruqlarini o‘z vaqtida ijro etilishini nazorat va tahlil qilish maqsadida tashkil etilgan.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi va institut direktorining virtual qabulxonalariga tushgan murojaatlar monitoringini olib boradi.

Bo‘limning asosiy vazifasi:

O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’ati qarorlari, vazir buyruqlari, topshiriq va xat-hujjatlari hamda Institut Kengashi qarorlari, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, institut direktori buyruq va topshiriqlari ijrolarini monitoringini va nazoratini olib borish, har oy va har chorakda vazirlikka hisobot tayyorlash hamda bu asosiy vazifa bo‘yicha Institut Kengashida axborot berib borishdan iborat.   Yuqorida ta’kidlab o‘tilganlar bilan birga, har hafta institut direktori tomonidan o‘tkaziladigan “Rektorat yig‘ilishi”da ham doimiy haftalik ijro intizomi holati haqida axborot berib boriladi.

 

Mazkur asosiy vazifalarda qator ishlar amalga oshirildi

Institutimizda 2023-yilda yuqori tashkilotlardan kelgan barcha normativ-huquqiy hujjatlarni ijrosini o‘z vaqtida nazoratini ta’minlash ya’nada qulaylashtirish maqsadida elektron hujjat almashinuvi dasturi edo.ijro.uz elektron xujjat almashish platformasi joriy qilindi. Buning natijasida qog‘ozbozlik va ijro intizomi uchun mas’ul bo‘lgan xodimlarni ortiqcha vaqt sarflashini oldi olindi.

Institutimizda talabalarni darsga qatnashishi fakultetlar kesimida doimiy nazorat qilib borilmoqda.