Talabalar turar joylari

Talabalar turar joylari

"TIQXMMI" MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti tasaruffida 3 qavatli 1 ta talabalar turar joyi faoliyat ko‘rsatmoqda. Bino Respublikamizning uzoq viloyat va shaharlaridan kelib tahsil olayotgan talabalarni o‘qish vaqtida yotoqxona joylari bilan taʼminlashga mo‘ljallangan. Shuningdek, talabalar turar joyi faoliyatiga oid meʼyoriy hujjatlar asosida institutning ichki meʼyoriy-huquqiy hujjatlari ishlab chiqilib, tasdiqlangan. Jumladan, talabalar turar joyi nizomi, eʼlonlar burchagi, talabalar ro‘yxati, yong‘in xavfsizligi burchagi kabilar mavjud.