Xorijda malaka oshirish

Xorijda malaka oshirish

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutidan Xalqaro tashkilotlarga stajirovkalarga yuborilganlar

 Chorvachilik va Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash fakulteti “Geodeziya va geoinformatika” ta’lim yo’nalishida Davlat Granti asosida tahsil olayotgan 3-bosqich 311-guruh talabasi Berdimurodova Nilufar Ilhom qizi Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi xalqaro kredit mobilligi (KA107) loyihasida tanlov sovrindori bo’lganligi sababli, oz arizasiga asosan 2022-yil 14-fevraldan 2022-yil 14-iyulgacha Turkiyaning DICLE universitetiga ta’lim olish uchun yuborildi.

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti Gumanitar fanlar kafedrasi mudiri Ch.Temirova hamda assistent F.Kosimovalarni 2021 yil 12 dekabrdan 19 dekabrgacha “TAGHRID FAYAD LEBANESE CULTURAL FORUM” dasturi doirasida Misr davlatining Qohira shahrida bo’lib o’tadigan Taghrid Fayad Livan Madaniyat forumida ishtirok etish uchun xizmat safariga yuborildi.

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti deligatsiyasining Isroil davlatiga tashrifi: Institut direktori Z.Muqimov, O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari
D.A.Quvvatov, O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i А.А.Аbdiev.

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti o"rtasida Yevropa Ittifoqining Erasmus+ XKM KA107 dasturi doirasida 2021.12.022 o'quv yili mobaynida ikki nafar professor-o'qituvchi va bir nafar talaba almashinuvini amalga oshirish rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan, Dicle universitetida 2022-yi1 l6-maydan 20-maygacha tashkil etilgan Erasmus+ International Staff Training Mobility Program dasturida O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Quvvatov Dilshod Ashuraliyevich ishtirok etib qaytdi.

Institutning “Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalari” kafedrasi assistenti Sarmonov Nodirbek Oʻtkir oʻgʻli hamda “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi assistenti Karimov Nuriddin Payzullayevichlarni 2022-yil 10-oktabrdan 10-noyabrgacha “Belarus davlat agrar texnika universiteti”ga bir oy muddat davomida stajirovka oʻtab kelishdi.

Kadastr va geoinformatika“ kafedrasi assistenti Shog‘darov Doniyor Dilshod o‘g‘li 4-dekabrdan 9-dekabrgacha Misr davlati Qohira shahrida Xalqaro suv resurslarini boshqarish institutida “Suv hisobini yuritishda masofadan zondlash va GIS texnalogiyalaridan foydalanish” mavzusi yuzasidan xalqaro trening bo’yicha stajirovka o’tab qaytdi.

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti direktori Muqimov Zarip Majlisovich hamda Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Quvvatov Dilshod Ashuralievichlarning Turkiya davlati Dicle Universiteti taklifiga binoan Turkiya davlati ta’lim tizimini yaqindan oʻrganish, tajriba almashish, kelishuvlarni amalga oshirish va hamkorlik memorandumlarini tuzish maqsadida 2022-yil 5-dekabrdan 10-dekabrgacha Turkiya davlatiga stajirovka va xizmat safarini oʻtab kelishdi.

GTI va NS kafedra mudiri Suyunov Abdugʻani Shavkat oʻgʻli Rosiiya Sankt- Peterburgda davlat universitetida 15 kunlik stajirovka o’tab keldi.

Germaniya federativ Respublikasidan LOGO (Landwirtschaftliche Okologische gleichgewicht mit Osteeuropa) tashkiloti bilan imzolangan shartnoma asosida institutdan olti nafar talaba nemis tilidan hamda sohasidan suhbat asosida tanlab olindi va Germaniya federative respublikasida qishloq xo’jaligi sohalarida amaliyot o’tash uchun yuborildi.

1-7-oktyabr kunlari Turkiya davlati Diyarbakir shaxridagi Dicle Universitetida “International Workshop of Agricultural Water Management and Digitalization” Seminar bo’lib o’tdi ushbu Seminarga ishtirok etish uchun yuborildi.

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutidan 5 kishilik deligatsiya Turkiyaga xizmat safariga yuborildi, Institut direktori Muqimov Zarip Majlisovich, Irrigatsiya va Melioratsiya kafedrasi dotsenti PhD Quvvatov Dilshod Ashuralievich, irrigatsiya va Melioratsiya kafedrasi Assistenti Safarova Nilufar Voxidovna. Irrigatsiya va Melioratsiya kafedrasi Dotsenti Xazratqulov Alisher.