O‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari

O‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari

TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining  Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti o‘quv ishlar bo‘yicha direktor  o‘rinbosari

Quvvatov Dilshod Ashuraliyevich

Qabul vaqti:

Telefon: +998 99 878-34-22

E-mail: d.quvvatov@tiiamekb.uz

 

O‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarining lavozim vazifalari

O‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida institutda ta’lim-tarbiya, o‘quv-uslubiy yo‘nalishidagi faoliyatga rahbarlik qiladi va muvofiqlashtiradi.
O‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarining lavozim vazifalariga quyidagilar kiradi:
       O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy majlis va vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
        davlat ta’lim standartlari asosida o‘quv, ilmiy, moliyaviy va ma’naviy-tarbiya ishlarini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
        davlat ta’lim standartlari va Malaka talablariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va bo‘limlar, kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilarning to‘liq bilishini ta’minlash;
       mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va ko‘rsatmalarini, o‘quv-tarbiya jarayonlariga oid masalalar bo‘yicha institut Ilmiy kengashi qarorlari va direktor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;
       ilg‘or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa ta’limga oid qonunlar ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
       o‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
       faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
       o‘quv jarayonini ta’minlaydigan bo‘limlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;
       bo‘limlar, fakultet va kafedralar ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
       o‘tilayotgan darslarning sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning shaxsiy rejalari bajarilishini nazorat qilish va ta’minlash;
       o‘quv va ilmiy konferensiyalarni tashkil etish, filial Ilmiy-metodik Kengashi va pedagogik mahoratni oshirish ishlariga rahbarlik qilish, ilg‘or uslubiy tajribalarni umumlashtirish;
      o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to‘plamlarini OTM xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda OTMning barcha ta’lim va ilmiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy va ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to‘ldirib turish bo‘yicha umumiy rahbarlikni olib borish;
      iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko‘maklashish, talaba va stajyor-tadqiqotchi- izlanuvchilar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Navoiy, Beruniy, Ulug‘bek, Zulfiya va boshqa nomdagi nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;
       professor-o‘qituvchilar va o‘quv ishiga yordamlashuvchi xodimlar shtatlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, bo‘limlarni malakali kadrlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish;
       bo‘sh lavozimlarga tanlov asosida ishga qabul qilish, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar va magistrlarni ishga olib qolish bo‘yicha takliflar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar tarkibini yaxshilash va malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;
      o‘quv jarayonini ta’minlaydigan bo‘limlar, fakultetlar, kafedralarning o‘quv va ilmiy-uslubiy faoliyatini tashkil etish va nazorat qilish;
      o‘qitishning barcha shakllari bo‘yicha o‘quv jarayoni jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash. Jumladan, Fan dasturlari va Ishchi o‘quv dasturlari, O‘quv rejalar va Ishchi o‘quv rejalarini ishlab chiqish, belgilangan tartibda tasdiqlash hamda ularning bajarilishini nazorat qilish;
       yangi pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, zamonaviy o‘quv va metodik adabiyotlardan foydalanish, ularning axborot-resurs markazlarini zamonaviy elektron-kutubxona tizimlari bilan jihozlash yo‘li bilan qishloq va suv xo‘jaligi sohasida ta’lim jarayoni sifatini yaxshilash;
      institutda eng yaxshi bitirish malakaviy ishi, eng yaxshi magistrlik dissertatsiyasi va talabalar ilmiy konferensiyasidagi eng yaxshi ma’ruza uchun tanlovlarni o‘tkazish;
       qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlarini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash talablariga muvofiq qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalarining pedagog kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash dasturlarini takomillashtirish va tasdiqlashga tavsiyalar berish;
       ishlab chiqarish va o‘quv amaliyotlarini o‘tkazishni xisobga olgan holda o‘quv jarayonini grafigini tuzish, nazorat qilish va natijalarni tahlil qilish;
      institut Ilmiy-metodik Kengash ishini tashkil etish va boshqarish;
       davlat imtixonlari, bitiruv malakaviy ishlar va magistrlik dissertatsiya ishlarini va yosh mutaxassislarni ish joylariga taqsimlash komissiyalarining ishini nazorat qilish;
       fakultetlar va kafedralarda bakalavr va magistr tayyorlashda yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar ochilishini, korxona va tashkilotlar buyurtmasiga binoan mutaxassis kadrlarni aniq maqsadlar uchun tayyorlashni tashkillashtirish.
       o‘quv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni texnik jihozlashni takomillashtirish masalalarini ishlab chiqish;
       ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan chora ko‘rish, ular bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
       ta’lim mazmunini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalkaro talablar asosida tayyorlashni ta’minlash maqsadida xorij mamlakatlarning turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda fakultet, kafedralar tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
       kafedralar, fakultet va bo‘limlarning yillik faoliyati hisobotlarini o‘tkazish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish, professor-o‘qituvchilarning o‘quv-uslubiy faoliyatini zamonaviy usullarda baholashni amalga oshirish;
       oliy ta’lim muassasalari bilan o‘quv-uslubiy yo‘nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor- o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;
       o‘rnatilgan tartibda oliy ta’lim muassasasining yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshirish;
       oliy ta’lim muassasasini o‘rnatilgan tartibda doimiy ichki attestatsiyadan o‘tkazish, tashqi attestatsiyaga tayyorlash va o‘tkazishda faol ishtirok etish;
       jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga, vazirliklar va institut direktorining virtual qabulxonalari hamda talabalar va ota-onalar qabulxonalariga tushgan murojaatlarni Ishchi guruh a’zolari bilan o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan lavozim vazifalariga mas’uliyatsizlik bilan qaragan mansabdor shaxslarga intizomiy choralar ko‘rish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
       amaldagi qonunchilik asosida boshqa vazifalarni bajarish.
Bilishi kerak:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi hamda Vazirlik buyruqlarini, Oliy ta’lim muassasasida o‘quv, ilmiy, moliyaviy va tarbiya jarayonini belgilangan normativ hujjatlarni bilishi.
Malaka talablari:
Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;
Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, hushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga;
OTMda bakalavr va magistrlar tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklaridan biri bo‘yicha fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasiga, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lishi zarur;
Oliy ta’lim muassasasining tegishli boshqaruv bo‘g‘inlarida-kafedra mudiri, fakultet dekani yoki o‘rinbosari kabi rahbarlik lavozimlarida kamida 7 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.