Ustoz-shogird maktabi
“TIQXMMI” MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida iqtidorli talabalar bilan olib boriladigan ishlarga alohida e’tibor qaratiladi. Institut direktorining 2023-yil 13-fevraldagi №4-F sonli farmoyishiga asosan 158 nafar iqtidorli talabalar 4-5 nafardan institutning yetakchi 33 nafar professor-о‘qituvchilariga “Ustoz-shogird” tizimi asosida biriktirilgan.
Institutda faoliyat kо‘rsatayotgan “Talabalar ilmiy jamiyati” asosan iste’dodli va iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va ularni maqsadli tayyorlash, talabalarning ilmiy-ijodiy salohiyatini shakllantirish maqsadida ularni iste’dodli professor-о‘qituvchilarga berkitish, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yо‘nalishlari bо‘yicha talabalardagi iste’dodlarni ruyobga chiqarish, zamonaviy texnologiyalarda mukammal ishlay olish kо‘nikmalarini shakllantirish hamda ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish maqsadida faoliyat kо‘rsatmoqda.
H.A.Ravshanov