O‘quv-uslubiy bo‘limi boshlig‘i: Abdiyev Anvarjon Almirzayevich
Qabul vaqti: Telefon: +998 91 210-19-81 E-mail: qxt_325@mail.ru |
O‘quv-uslubiy bo‘lim faoliyati
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-maydagi 437-sonli qarori bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filialini tashkil etildi. 2019-yil 4-sentabridan filial tarkibida “O‘quv-uslubiy” bo‘lim o‘z faoliyatini boshlagan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yilning 10-dekabridagi “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-42-sonli qarori bilan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali” negizida Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti tashkil etildi.
O‘quv-uslubiy bo‘lim institutning tarkibiy bo‘limi hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyrug‘i bilan tasdiqlangan oliygoh Nizomi asosida faoliyat ko‘rsatadi. O‘quv-uslubiy bo‘lim o‘z faoliyatida institut direktori buyruqlari va ko‘rsatmalariga asoslanadi.
O‘quv-uslubiy bo‘lim quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
- institutning o‘quv ishlarini boshqaradi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘rnatgan tartibda o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq ravishda o‘quv jarayonini tashkil qiladi;
- zamon talablariga muvofiq holda o‘quv rejalari va dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha ish olib boradi;
- fakultetlar o‘quv rejasida aks etgan ta’lim maqsadlarini o‘rnatadi;
- zamonaviy baholash usullari, jumladan baholashga asoslangan yozma ish usuli, og‘zaki, testlar orqali talabalarning bilim va malaka darajalarini amaldagi Nizom talablari asosida baholanishini nazorat qiladi. Mazkur nazorat natijalari asosida o‘quv uslubiy rejalarga aniqliklar kiritadi, talabalar bilan individual ishlash shakllarini aniqlaydi;
- institut professor-o‘qituvchilarining tarkibini va ularni o‘quv rejalari va yuklamalarining bajarilishini nazorat qiladi;
- soatbay to‘lov asosidagi va o‘rindosh o‘qituvchilar o‘quv yuklamalarini belgilaydi;
- professor-o‘qituvchilar tarkibining zamonaviy va innovatsion tajribalarini o‘rganadi va umumlashtiradi;
- fakultetlarda o‘quv jarayonining tashkil qilinishini tekshirib boradi, nazorat natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida dekanlar e’tiboriga havola etadi;
- yangi malaka talablari va o‘quv rejalarining ishlab chiqilishini tashkil etadi;
- o‘quv jarayoni jadvalini ishlab chiqadi va o‘quv rejalarini ishlab chiqishni tashkil qiladi;
- mashg‘ulotlar jadvalini tuzishni tashkil etadi va ularni tuzish bo‘yicha uslubiy rahbarlik qiladi;
- institut o‘qituvchilarining o‘quv soatlarini tahlil qiladi va o‘qituvchilarni fakultetlarga taqsimlash bo‘yicha takliflar kiritadi;
- o‘quv auditoriyalar fondini fakultetlar orasida taqsimlaydi;
- o‘quv mashg‘ulotlari yuzasidan joriy dispetcherlik nazoratini olib boradi;
- professor-o‘qituvchilar tarkibi haqidagi ma’lumotlar bankini tashkil qiladi;
- O‘zbekistan Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasdiqlagan qoida asosida talabalar amaliyotini umumiy tarzda boshqaradi va amaliyot rejalarining bajarilishini nazorat qiladi;
- kafedralar ish faoliyatini o‘rganadi va tajribalarini umumlashtiradi. Kafedralar faoliyati maqsadga muvofiqligi va yangi kafedralar ochish haqidagi takliflarni kiritadi.
HEMIS axborot tizimida quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
- malaka oshirishgan va tanlovdan o‘tgan professor-o‘qituvchilarining HEMIS tizimga joylashtirilishini nazorat qiladi.;
- talaba buyruqlarini HEMIS tizimiga to‘g‘ri shakllantirilishini nazorat qiladi;
- tasdiqlangan o‘quv rejasidagi fanlarni HEMIS tizimida fanlar bazasiga kiritilishini taminlaydi;
- zamon talablariga muvofiq holda o‘quv jarayoniga belgilangan o‘quv rejalari, dars jadvali, nazorat jadvali, baholash tizimini qaydnoma turi, juftliklar va imtihonlar ro‘yxatini nazorat qiladi;
- institut infrastukturasini HEMIS tizimga shakllantirishni amalga oshiradi;
Kredit-modul tizimida o‘quv jarayonining me’yoriy va uslubiy ta’minoti
Kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘qitishning kredit tizimiga o‘tishi munosabati bilan 2023 yil 1-maydan O‘quv-uslubiy bo‘lim tarkibida Ta’limning kredit tizimini boshqarish sektori tashkil etilgan.
Ta’limning kredit tizimini boshqarish sektorining vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
- Rivojlangan davlatlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ilg‘or tajribalari va tavsiyanomalaridan foydalangan xolda, xalqaro ta’lim standartlarini joriy qilish;
- Institutning malakali professor-o‘qituvchilari bilan ta’minlash orqali ta’lim sifatini oshirish uchun sifatli o‘quv dasturlari va o‘quv materiallarini ishlab chiqarishni nazorat qilish;
- Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan talabalar, professor-o‘qituvchilar, izlanuvchilarning almashinuv dasturlarini kengaytirish;
- Zamonaviy ta’lim texnologiyalari va o‘quv jarayonlarini tashkil etishning samarali shakllarini o‘zlashtirish orqali pedagog kadrlar salohiyatini oshirishga ko‘maklashuvchi raqobat muhitini yaratish;
- Talabaga ta’lim dasturini mustaqil shakllantirish imkoniyatini yaratish va bilimini baholashning oshkoraligini ta’minlash.
Ta’limning kredit tizimini boshqarish sektorining ishchi tarkibi:
Bosh mutaxassis:
Umarov Isomiddin Inoq o‘g‘li
Mobil (+99893) 091-16-80
Bosh mutaxassis:
Ibodillayev Fazliddin Faxriddinovich
Mobil (+99897) 292-14-24
Yetakchi mutaxassis
Azizova Adiba Qosim qizi
Mobil (+99897) 317-11-76
O‘quv-uslubiy bo‘lim institut direktori tomonidan tayinlanadigan va bo‘shatiladigan boshliq tomonidan boshqariladi.
Bo‘limning ishchi tarkibi:
Uslubchi:
Pirnazarova Madina Faxriddin qizi
Mobil (+99890) 891-96-26
Dispetcher:
Nazarova Maftuna Ibroxim qizi
Mobil (+99891) 811-48-36
O‘quv ishlari bo‘yicha inspektor:
Abdusamadov Abdulaziz Abdunabi o‘g‘li
Mobil (+99893) 542-82-50
Magistratura bo‘limi uslubchisi:
Nosirov Jahongir Komil o‘g‘li
Mobil (+99890) 876-98-97