Bosh vazir farmoyishiga ko‘ra, “Navro‘z” umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish, mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalarini obodonlashtirish maqsadida joriy yil 16-18 mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.