Joriy yilning 6-dekabr kuni
Qarshi irrigatsiya va agrotexnalogiyalar institutida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan “Baxtimiz qomusi” deb nomlangan
badiiy-musiqiy tadbir tashkil etildi. Talaba-yoshlarning siyosiy savodxonlik namoyishi, ogohlikka da’vat etuvchi sahna ko’rinishlari, vatanparvarlik ruhi bilan yo’g’rilgan kuy-qo’shiqlar barchaga xush kayfiyat ulashdi.
“Konstitutsiyasi bilimdoni” hamda “Konstitutsiya-mening taqdirimda” rasmlar tanlovi g’oliblari taqdirlandi.
Institut axborot xizmati