Bir haftada bir kitob

Bir haftada bir kitob

Bir haftada bir kitob

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus ijrosini ta'minlash,  talabalarda kitob oʻqish madaniyatini oshirish maqsadida Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti 1-sonli talabalar turar joyida "Bir haftada bir kitob" loyihasi tashkil etildi

 

“Chorvachilik va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash" fakulteti tomonidan o’tkazilgan tadbirda  fakultet dekani U.Qodirov, dekan oʻrinbosarlari Sh.Yangiyev, B.Niyozova, fakultet koordinatori M.Toʻrayevalar ishtirok etishdi. Tadbirda talabalarga o’qish uchun tavsiya qilingan  Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asari  asosida savol-javoblar olib borildi. Berilgan savollarga to’g’ri javob bergan talabalar fakultet tomonidan mukofotlandi. Navbatdagi kitob haftaligida  Cho'lponning "Kecha va kunduz" romani tanlab olindi

Institut axborot xizmati