Hamkorlik uchrashuvi

Hamkorlik uchrashuvi

Hamkorlik uchrashuvi


Viloyatimizda joylashgan Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida

Rossiya Federatsiyasi savdo sanoat palatasining Oʻzbekistondagi rasmiy vakili, Rossiya Agroplodar korxonasi rahbari Yuriy Lasigin bilan hamkorlik uchrashuvi tashkil etildi.
Unda institut ilmiy xodimlari, Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti pedagogik jamoasi hamda talaba yoshlar ishtirok etishdi.


Tadbirda Yuriy Lasigin qishloq xo’jaligida dolzarb bo’lgan organik o’gitlardan samarali foydalanish mavzusida ma’ruza qildi. Ekologik jihatdan toza, sof mahsulot yetishtirishda organo-mineral o’gitlarni qo’llash muhim ahamiyatga ega ekanligi takidlab o’tildi.

Tadbir so'ngida, institut mamuriyati bilan boshoqli va dukkakli don ekinlari yetishtirishda yangi turdagi organik o’g’itlarni qo’llash bo’yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Institut matbuot xizmati