Jaholatga qarshi – maʼrifat!

Jaholatga qarshi – maʼrifat!

Jaholatga qarshi – maʼrifat!

Joriy yilning 30-oktabr kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida “Biz yot gʻoyalar va axborot xurujlariga qarshimiz” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bo‘limi boshlig‘i Shukrullo Umarov bugungi globallashuv sharoitida yoshlar ongu tafakkuriga salbiy taʼsir etuvchi turli mafkuraviy nayranglar, axborot xurujlaridan saqlanish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish borasida o’z fikr-mulohazalarini bayon etdi

           Markaz ilmiy xodimi Sirojiddin Abduvoitov bugungi globallashuv jarayonida yoshlarda axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, ilm va maʼrifatning yuksak ahamiyati borasida tushunchalar berdi

Yakunda, iqtidorli yoshlarga markaz tomonidan chop etilgan “Sahihi Buxoriy sharhi”, Imom Moturidiyning “Taʼvilot al-Qurʼon” asarining 30-juzi, Abd ibn Humayd Keshiyning “Musnadi Keshiy” asarlari taqdim etildi

 Institut axborot xizmati