Bugun Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida Qashqadaryo viloyat Adliya boshqarmasi va Toshkent davlat yuridik universiteti bilan birgalikda "Konstitutsiya-erkin va farovon hayot garovi" shiori ostida “Targ‘ibot poyezdi” tadbiri boʻlib oʻtdi.
Ushbu targ‘ibot harakati, mamlakatimizdagi Konstitutsiya asosida erishgan yutuqlarini, shuningdek, jamiyatimizda konstitutsiyaviy islohotlar, yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar va ijtimoiy, madaniy va siyosiy huquqlarni yanada kengroq tushunish, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yusaltirish va amalda qo‘llashni targ‘ib qilish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan.
Tadbir so'ngida targ'ibotchilar tomonidan yetkazilgan ma'lumotlarni mustahkamlash uchun interaktiv o'yinlar tashkil qilindi va faol ishtirok etgan talaba-yoshlarga esdalik sovg'alar taqdim qilindi.
Institut matbuot xizmati