Konstitutsiya — farovon hayot garovi

Konstitutsiya — farovon hayot garovi

Konstitutsiya — farovon hayot garovi

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Bugungi tadbir Chorvachilik va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash fakulteti tomonidan oʻtkazildi. “Konstitutsiya — farovon hayot garovi” mavzusida o‘tkazilgan tadbirni Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor birinchi oʻrinbosari Ch.Temirova ochib berdi.

Bosh qomusimizga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar, rivojlanish bosqichlari hamda bugungi kunda tutgan o‘rni haqida keng ma’lumotlar berib oʻtildi.

Shuningdek, "Konstitutsiya bilimdoni" intellektual oʻyini ham yuqori saviyada tashkil etildi.

Sana munosabati bilan o’tkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etgan qatnashchilar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Institut axborot xizmati