O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan
Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti talabalari huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida Qashqadaryo viloyat Jinoyat sudi binosiga sayohat tashkil etildi.
Unda jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudyasi Maxfirat Ochilova «Yangi konstitutsiyada sud hokimiyati» mavzusida ochiq muloqot o‘tkazdi.
Davra suhbatida yoshlarga inson huquqlari tushunchasining mazmun-mohiyati, mamlakatimizda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, inson huquqlari muhofazasi yo‘lida barpo etilgan mustahkam qonunchilik tizimi xususida atroflicha tushunchalar berildi.
Institut matbuot xizmati