Korrupsiya-jamiyat kushandasi!

Korrupsiya-jamiyat kushandasi!

Korrupsiya-jamiyat kushandasi!

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti talaba-yoshlari oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish bo'yicha, direktor maslahatchisi T.Uralov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʼlimi boshligʻi N.Nishonov, Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi A.Fayziyev ishtirokida umumprofilaktik tadbir oʻtkazildi. Ochiq muloqotda talabalarga korrupsiyaning kelib chiqish sabablari, unga qarshi kurashishda xorijiy tajribalar, korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan davlat siyosati haqida tushuncha va ma’lumotlar berildi.