Ota-onalar kongressi

Ota-onalar kongressi

Ota-onalar kongressi

Joriy yilning 3-noyabr kuni “Chorvachilik va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash" fakulteti tomonidan "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida “Ota-onalar kongressi” tashkil etildi

Tadbirda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, mehmonlar, ota-onalar ishtirok etishdi. O‘quv ishlari bo‘yicha direktor oʻrinbosari D.Quvvatov ota-onalarni, avvalo, farzandlarining talabalik baxtiga erishganliklari bilan samimiy qutladi hamda institutdagi ta’lim-tarbiya jarayonlari ota-onalar bilan doimiy hamkorlik va hamjihatlikda olib borilishini ta’kidlab o‘tdi

Yig’ilganlar institut rahbariyati bilan tanishtirildi. Ularga institut faoliyati, ta’lim jarayonlari, talaba-yoshlar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar haqida ma’lumot berildi

Tadbirda so‘zga chiqqan ota-onalar farzandlari mamlakatimizdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biriga o‘qishga kirganidan xursandligini bildirdi hamda tahsil beradigan professor-o‘qituvchilarning zahmatli faoliyatiga ulkan zafarlar tilashdi

Tadbirdan so‘ng ota-onalar institut bo‘ylab sayohat qilishdi, zamonaviy ta’lim jarayonlari, o‘quv xonalarining moddiy-texnik bazalari, axborot-resurs markazlari faoliyati, talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi

Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor birinchi oʻrinbosari O.Pirimov tashabbusi bilan "Ustozlar va ota-onalar" bogʻida mevali daraxtlar ekildi

Institut axborot xizmati