Tashabbusimiz, iqtidorimiz, kuch qudratimiz - Vatan uchun!

Tashabbusimiz, iqtidorimiz, kuch qudratimiz - Vatan uchun!

Tashabbusimiz, iqtidorimiz, kuch qudratimiz - Vatan uchun!

Joriy yilning 9-noyabr kuni Qarshi irrigatsiya va agrotexnalogiyalar institutida “Tashabbusimiz, iqtidorimiz, kuch qudratimiz - Vatan uchun” shiori ostida oʻtkazilgan musobaqa gʻoliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi

Tadbir harbiy orkestr jamoasining tantanavor chiqishlari hamda institut rektori Z.Muqimovning yoshlarga atalgan nutqi bilan boshlandi

Maʼlumot uchun, Qashqadaryo viloyati hokimligi va bir qator mutasaddi tashkilotlar hamkorligida 2022-yilning 19-dekabrdan 2023-yilning 19-fevraliga qadar viloyatimizdagi barcha oliy taʼlim muassasalarida yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida “Tashabbusimiz, iqtidorimiz, kuch qudratimiz Vatan uchun” shiori ostidagi tanlovlar tashkil etilgan edi

Madaniy-maʼrifiy tadbirlar, tanlov va sport musobaqalarida ishtirok etib, eng yaxshi natijalarni qayd etgan talabalarga diplom va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi

Tadbir ijodkor yoshlarning chiqishlari,  vatanparvarlik ruhi bilan yoʻgʻrilgan qoʻshiqlar bilan davom etdi

Institut axborot xizmati