Vatanimga xizmat qilaman!

Vatanimga xizmat qilaman!

Vatanimga xizmat qilaman!

2024-yil 11-yanvar sanasida "TIQXMMI" MTU ning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" hamda Qurolli Kuchlarimiz tashkil topganligining 32 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o'tkazildi

Tadbir debochasida institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori H.Ravshanov, Janubi-g’arbiy maxsus harbiy okrug faxriylar kengashi raisi, podpolkovnik Sh.Ma’diyevlar so’z olib qurolli kuchlarimizning tashkil topishi va bugungi jangovor shayligi haqida yig'ilganlarga ma’lumot berdi

O’zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligiga qarashli G’uzor tuymanida joylashgan 99750-harbiy qism faxriy qorovul jamoasining ko'rgazmali-jangovor chiqishlari, qo’l jangi guruhining taqdimotlari,chegara qo’shinlarida foydalanib kelinayotgan xizmat itlari bilan tanishuv talaba-yoshlarda unutilmas taassurot qoldirdi

Tadbir vatanparvarlik ruhi bilan yo‘g‘rilgan kuy-qo‘shiqlar, hamkor tashkilot vakillarini taqdirlash marosimiga ulanib ketdi

Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad talaba-yoshlarda Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g‘oyalariga sodiqlik, O‘zbekiston Respublikasi Armiyasi va Qurolli Kuchlariga hurmat tuyg‘usini shakllantirishdan iboratdir

Institut axborot xizmati